https://oz.sputniknews.uz/20210402/ozbekiston-va-xitoy-hamkorligida-ishlab-chiqarilgan-vaktsina-mutlaqo-xavfsiz--vazirlik--18113317.html
O‘zbekiston va Xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan vaksina mutlaqo xavfsiz – vazirlik
O‘zbekiston va Xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan vaksina mutlaqo xavfsiz – vazirlik
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 2 apr – Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan vaksina mutlaqo xavfsiz, deb e’lon qildi AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Innovatsion
2021-04-02T14:11+0500
2021-04-02T14:11+0500
2021-04-02T14:42+0500
jamiyat
vaksina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/01/18078277_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_919909e242f4be2f84cd9024d58e2589.jpg
TOShKENT, 2 apr – Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan vaksina mutlaqo xavfsiz, deb e’lon qildi AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova. “Xitoyda ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining dastlabki sinov bosqichlari muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bois uning so‘nggi — uchinchi klinik sinov bosqichlarini O‘zbekistonda o‘tkazdik.Ushbu vaksinani shaxsan o‘zim ham oilamiz orqali sinovdan o‘tkazganmiz. Sinovda qatnashgan 7 ming kishining hech birida hech qanday nojo‘ya ta’siri sezilmagan. Balki allergik ta’sirlar sezilishi mumkin, ukol qilingan joylar qizarishi mumkin, biroq bundan qo‘rqmaslik kerak.Koronavirusni yengib o‘tishning yagona yo‘li — vaksina qabul qilish. Shu bois aholini vaksinatsiya jarayonida faol ishtirok etishga chaqiraman", — dedi vazir o‘rinbosari.Ma’lumot uchun ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining immunogen samaralilik darajasi 95-97%, xavfsizlik darajasi 99%ni tashkil qilgan. (Buning uchun vaksinani 3 marotaba olish kerak) Shu bilan birga ushbu vaksina koronavirusning yangi Britaniya va JAR shtammlariga qarshi samaraligi juda yuqori, deyilgan edi Innovatsion vazirligining oldingi xabarlarida. O‘zbekistonda 1-apreldan ommaviy emalsh boshlangan. Buning uchun oldindan 660 min doza AstraZeneca va 1 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelingan edi. Iyun oyida yana 3,5 mln doza vaksina olib kelish rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda koronavirus kasali katta xavf tug‘idirayotgan aholi toifasi – 65 yoshdan kattalar, surunkali kasali borlar emalanadi. Shuningdek tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar va ichki ishlar xodimlari ham emlanishi nazarda tutilgan. Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabek aytishiga qaraganda O‘zbekistonda ayni damda birinchi navbatda emlanishi kerak bo‘lga fuqarolar soni 4,1 mln kishini tashkil qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210331/ozbekiston-va-xitoy-qoshma-vaktsina-narxini-oshkor-qilmaslikka-kelishib-oldi-18056295.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/01/18078277_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_6e717c357db117f9b01837edf0fe84b5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, vaksina
O‘zbekiston va Xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan vaksina mutlaqo xavfsiz – vazirlik
14:11 02.04.2021 (yangilandi: 14:42 02.04.2021) O‘zbekistonda birinchi navbatda vaksinalash kerak bo‘lganlar soni 4,1 mln kishini tashkil qiladi. Bular 65 yoshdan oshgan fuqarolar, surunkali kasali bo‘lganlar, o‘qituvchilar, tibbiyot va huquqni saqlash organlari xodimlari.
TOShKENT, 2 apr – Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan vaksina mutlaqo xavfsiz, deb e’lon qildi AOKAda bo‘lib o‘tgan
brifingda Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova.
“Xitoyda ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining dastlabki sinov bosqichlari muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bois uning so‘nggi — uchinchi klinik sinov bosqichlarini O‘zbekistonda o‘tkazdik.
Tahlil va o‘rganishlar ko‘rsataptiki, vaksina — mutlaqo xavfsiz va uni qabul qilgan insondlarning 95-97 foizida antitanachalar shakllanadi.
Ushbu vaksinani shaxsan o‘zim ham oilamiz orqali sinovdan o‘tkazganmiz. Sinovda qatnashgan 7 ming kishining hech birida hech qanday nojo‘ya ta’siri sezilmagan. Balki allergik ta’sirlar sezilishi mumkin, ukol qilingan joylar qizarishi mumkin, biroq bundan qo‘rqmaslik kerak.
Koronavirusni yengib o‘tishning yagona yo‘li — vaksina qabul qilish. Shu bois aholini vaksinatsiya jarayonida faol ishtirok etishga chaqiraman", — dedi vazir o‘rinbosari.
Ma’lumot uchun ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining immunogen samaralilik darajasi 95-97%, xavfsizlik darajasi 99%ni tashkil qilgan. (Buning uchun vaksinani 3 marotaba olish kerak) Shu bilan birga ushbu vaksina koronavirusning yangi Britaniya va JAR shtammlariga qarshi samaraligi juda yuqori, deyilgan edi Innovatsion vazirligining oldingi xabarlarida.
O‘zbekistonda 1-apreldan ommaviy emalsh boshlangan. Buning uchun oldindan 660 min doza AstraZeneca va 1 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelingan edi. Iyun oyida yana 3,5 mln doza vaksina olib kelish rejalashtirilgan.
Birinchi bosqichda koronavirus kasali katta xavf tug‘idirayotgan aholi toifasi – 65 yoshdan kattalar, surunkali kasali borlar emalanadi. Shuningdek tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar va ichki ishlar xodimlari ham emlanishi nazarda tutilgan.
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabek aytishiga qaraganda O‘zbekistonda ayni damda birinchi navbatda emlanishi kerak bo‘lga fuqarolar soni 4,1 mln kishini tashkil qiladi.