https://oz.sputniknews.uz/20210415/ajrashishni-kamaytirish-uchun-nikohdan-oldin-yoshlarning-imomlardan-dars-olishi-taklif-qilindi-18346670.html
Ajrashishni kamaytirish uchun nikohdan oldin yoshlarning imomlardan dars olishi taklif qilindi
Ajrashishni kamaytirish uchun nikohdan oldin yoshlarning imomlardan dars olishi taklif qilindi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Yunusobod tumani hokimi Jahongir Ibrahimov tumandagi masjid imomlari ishtirokida oilalarda ajrashishlarning oldini olish masalasi
2021-04-15T13:31+0500
2021-04-15T13:31+0500
2021-04-15T13:40+0500
jamiyat
yunusobod
ajrashish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0f/18346573_0:95:1301:826_1920x0_80_0_0_fafc4812347afa908a982fa72d64a6b4.jpg
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Yunusobod tumani hokimi Jahongir Ibrahimov tumandagi masjid imomlari ishtirokida oilalarda ajrashishlarning oldini olish masalasi yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi. B u haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.Majlis davomida ajrashishlar sonini kamaytirish borasida quyidagi takliflar kiritildi: Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda respublikada 28,2 mingta oila ajrashib ketgan. Hududlari bo‘yicha eng ko‘p ajrashish Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan (3 899 ta).Yaqinda Senatda qiz bolani barvaqt turmushga berishning oldini olish masalasi muhokama qilingan edi.8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkillashtirilgan bayram tadbirida so‘zlagan nutqida prezident Shavkat Mirziyoyev bu muammoga alohida to‘xtatib o‘tgan edi. Yoshlarni turmush qurishga, oilaga, farzand taqdiriga nihoyatda chuqur mas’uliyat bilan qarashga chaqirgan edi.“Bu masalaga yuzaki yondashib, ham o‘zingiz, ham o‘zga bir inson hayotini xavf ostiga qo‘ymang. Men bu borada ko‘pni ko‘rgan mahalla faollari, muhtaram faxriylarimiz, kayvonilar, ma’naviyatimiz va dinimiz fidoyilari, o‘z tengdoshlariga ibrat bo‘lib kelayotgan yoshlarimiz bir yoqadan bosh chiqarib harakat qiladilar, deb ishonaman", - deya ta’kidlagan edi u.
https://oz.sputniknews.uz/20210227/zbekistonda-nikoga-kirish-muddatini-uzaytirish-taklif-etilmoda-16089089.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0f/18346573_17:0:1172:866_1920x0_80_0_0_77a7d15bd9e8d3004432fe8e9e728d4b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yunusobod, ajrashish
jamiyat, yunusobod, ajrashish
Ajrashishni kamaytirish uchun nikohdan oldin yoshlarning imomlardan dars olishi taklif qilindi
13:31 15.04.2021 (yangilandi: 13:40 15.04.2021) Shuningdek, axloqiy jihatdan mentalitetga to‘g‘ri kelmaydigan teleserialni efirdan olib tashlash fikri o‘rtaga tashlandi.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Yunusobod tumani hokimi Jahongir Ibrahimov tumandagi masjid imomlari ishtirokida oilalarda ajrashishlarning oldini olish masalasi yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi. B u haqda tuman hokimligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Majlis davomida ajrashishlar sonini kamaytirish borasida quyidagi takliflar kiritildi:
oila qurish ostonasidagi ikkala yoshlarni ham nikohdan avval imomlar tomonidan 3 oylik o‘quv darslarida o‘qitish;
oila tushunchasini maktabdan boshlab alohida dars sifatida kiritish;
axloqiy jihatdan “mentalitetimizga to‘g‘ri kelmaydigan” teleserialni efirga uzatmaslik.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda respublikada 28,2 mingta oila ajrashib ketgan. Hududlari bo‘yicha eng ko‘p ajrashish Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan (3 899 ta).
Yaqinda Senatda qiz bolani barvaqt turmushga berishning oldini olish masalasi muhokama
qilingan edi.8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkillashtirilgan bayram tadbirida so‘zlagan nutqida prezident Shavkat Mirziyoyev bu muammoga alohida to‘xtatib o‘tgan edi. Yoshlarni turmush qurishga, oilaga, farzand taqdiriga nihoyatda chuqur mas’uliyat bilan qarashga chaqirgan edi.
“Bu masalaga yuzaki yondashib, ham o‘zingiz, ham o‘zga bir inson hayotini xavf ostiga qo‘ymang. Men bu borada ko‘pni ko‘rgan mahalla faollari, muhtaram faxriylarimiz, kayvonilar, ma’naviyatimiz va dinimiz fidoyilari, o‘z tengdoshlariga ibrat bo‘lib kelayotgan yoshlarimiz bir yoqadan bosh chiqarib harakat qiladilar, deb ishonaman", - deya ta’kidlagan edi u.