https://oz.sputniknews.uz/20210413/namanganda-maktabga-hijobda-qatnayotgan-qizlar-bilan-profilaktik-suhbat-otkazildi-18309608.html
Namanganda maktabga hijobda qatnayotgan qizlar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi
Namanganda maktabga hijobda qatnayotgan qizlar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Hijob o‘ragan o‘quvchi qizlarning IIB xodimi qarshisida turgani aks etgan surat ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.
2021-04-13T16:54+0500
2021-04-13T16:54+0500
2021-04-13T16:54+0500
jamiyat
maktab
namangan viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/324/14/3241441_0:0:3686:2074_1920x0_80_0_0_edb991690e6f232711b7d795a3eba94a.jpg
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Hijob o‘ragan o‘quvchi qizlarning IIB xodimi qarshisida turgani aks etgan surat ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Namangan viloyati IIB holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Bildirilishicha, 8-aprel kuni Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 10-sonli maktab ma’muriyati tuman IIBga aloqa xatini yuborgan. Unda maktabda avvaliga 5 nafar, oxirgi kunlarda esa 10 nafar qizlar belgilangan tartibdagi maktab formasini kiyib yurish qoidalariga rioya qilmayotgani bayon qilingan. Ularga bir necha marotaba maktab formasida, lozim bo‘lsa, oddiy ro‘mol o‘rab kelishlari to‘g‘risida tushuntirilgan. Biroq ota-onalar ham, qizlar ham maktabning ichki tartib-qoidalariga rioya qilmayapti.Tuman IIB HPB XQMB katta inspektori 10-aprel kuni ushbu maktabda targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish maqsadida 9-10-11-sinflar o‘rtasida jinoyat sodir etilishining oldini olish yuzasidan muhokama yig‘ilishini tashkillashtirgan.Muhokama davomida aloqa xatida ko‘rsatilgan qizlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan va ularga Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 666-sonli qarori tushuntirilgan. Unda o‘quvchilarning maktab formasiga turli din konfessiyalari hamda submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni (hijob, kipa, kashaya, xoch va boshqalar) qo‘shishiga yo‘l qo‘yilmasligi ko‘rsatilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20200225/zbekistondagi-khususiy-maktablarda-tashi-ifaga-yangi-talablar-zhoriy-etiladi-13535846.html
namangan viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/324/14/3241441_246:0:3535:2467_1920x0_80_0_0_9113943a4bbbccdbee1c0ff539167379.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, maktab, namangan viloyati
jamiyat, maktab, namangan viloyati
Namanganda maktabga hijobda qatnayotgan qizlar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi
Yangiqo‘rg‘on tumanidagi maktabda 10 nafar o‘quvchi ogohlantirishlarga qaramasdan hijobda darsga qatnagan.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Hijob o‘ragan o‘quvchi qizlarning IIB xodimi qarshisida turgani aks etgan surat ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Namangan viloyati IIB holat yuzasidan rasmiy
munosabat bildirdi.
Bildirilishicha, 8-aprel kuni Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 10-sonli maktab ma’muriyati tuman IIBga aloqa xatini yuborgan.
Unda maktabda avvaliga 5 nafar, oxirgi kunlarda esa 10 nafar qizlar belgilangan tartibdagi maktab formasini kiyib yurish qoidalariga rioya qilmayotgani bayon qilingan. Ularga bir necha marotaba maktab formasida, lozim bo‘lsa, oddiy ro‘mol o‘rab kelishlari to‘g‘risida tushuntirilgan. Biroq ota-onalar ham, qizlar ham maktabning ichki tartib-qoidalariga rioya qilmayapti.
Tuman IIB HPB XQMB katta inspektori 10-aprel kuni ushbu maktabda targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish maqsadida 9-10-11-sinflar o‘rtasida jinoyat sodir etilishining oldini olish yuzasidan muhokama yig‘ilishini tashkillashtirgan.
Muhokama davomida aloqa xatida ko‘rsatilgan qizlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan va ularga Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi
666-sonli qarori tushuntirilgan.
Unda o‘quvchilarning maktab formasiga turli din konfessiyalari hamda submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni (hijob, kipa, kashaya, xoch va boshqalar) qo‘shishiga yo‘l qo‘yilmasligi ko‘rsatilgan.
“Suhbat yakunida o‘quvchi qizlarga maktabga belgilangan tartibda kiyinib kelishlari, hijobda emas ro‘mol o‘rashlari mumkinligi, bunga hech kim qarshilik ko‘rsatmasligi tushuntirib o‘tilgan”, - deyilgan xabarda.