O‘zbekistondagi xususiy maktablarda tashqi qiyofaga yangi talablar joriy etiladi

© UzAV Namangane otkrilas Prezidentskaya shkola
V Namangane otkrilas Prezidentskaya shkola - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xususiy maktablar uchun o‘quvchilarning tashqi qiyofasi va kiyimlariga yangi talablarni joriy etish taklif qilinmoqda. Qaror qabul qilinsa, sochlarni bo‘yash, makiyaj va pirsing, hijob va soqol o‘stirish taqiqlanadi.

TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xususiy maktab o‘quvchilari uchun yangi talablar sanab o‘tilgan Vazirlar mahkamasi qarorini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.

Tashqi ko‘rinishga bo‘lgan talablar:

  • turli din va konfessiyalar hamda turli submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni (hijob, kipa, kashaya, xoch va boshqalar) qo‘shishga hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga xos bo‘lgan harbiy va idoraviy formali kiyim-bosh kiyib yurishga yo‘l qo‘yilmaydi;
  • o‘g‘il bolalarga tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, soqol qo‘ygan, sochi 2-3 santimetrdan uzun bo‘lgan va yorqin ranglarga bo‘yalgan holda kelishi taqiqlandi:
  • qiz bolalarga tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, sochini yorqin ranglarga bo‘yagan, yuzini ko‘zga tashlanadigan darajada makiyaj qilgan, qulog‘iga bittadan ortiq sirg‘a taqqan, barmoqlariga uzuk taqqan, qo‘l tirnoqlarini bo‘yagan va uzun qilib o‘stirgan holda kelishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

Forma kiyishdagi asosiy talablar:

  • kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi;
  • qizlar uchun yubkaning uzunligi tizzadan 5 – 15 sm pastda bo‘lishi;
  • o‘g‘il bolalar uchun shimning uzunligi oyoq to‘pig‘idan pastda bo‘lishi;
  • oyoq kiyimlar poshnasining 3 santimetrdan baland bo‘lmasligi;
  • ko‘ylakning eng yuqoridagi faqat bitta tugmasidan tashqari boshqa tugmalarning qadalgan bo‘lishi;
  • kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi.

Belgilanishicha, ota-onalar bilan kelishgan holda nodavlat umumta’lim tashkiloti pedagogik kengashining qarori bilan ta’lim oluvchilar uchun yagona forma namunasi tasdiqlanadi.

O‘quvchilarning davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga maktab formasida kelishlari 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab majburiy hisoblansa, bu xususiy maktablar uchun tavsiyaviy bo‘lishi kutilmoqda.

Mazkur qonun loyihasi 8-martga qadar muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0