https://oz.sputniknews.uz/20210413/ispaniyada-astrazeneca-bilan-emlangan-erkak-vafot-etdi-18309252.html
Ispaniyada AstraZeneca bilan emlangan erkak vafot etdi
Ispaniyada AstraZeneca bilan emlangan erkak vafot etdi
Sputnik O‘zbekiston
Ispaniyada AstraZeneca bilan emlangan o‘ttiz yoshli erkak vafot etdi. 13.04.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-04-13T16:40+0500
2021-04-13T16:40+0500
2021-04-13T16:40+0500
dunyoda
emlash
vaksina
covid-19 umumjahon pandemiyasi
astrazeneca
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/03/16118815_0:317:3078:2048_1920x0_80_0_0_9c88e0d656ef0896f087de126c50f99a.jpg
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Ispaniyaning Toledo shahrida (Kastiliya-La-Mancha) o‘ttiz yoshli erkak koronavirusga qarshi AstraZeneca preparati bilan emlanganidan so‘ng vafot etdi, deb xabar qildi Encastillalamancha mahalliy nashri.Erkak mahalliy institutlardan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. Xabar qilinishicha, u 9-aprel kuni og‘ir tromboz bilan kasalxonaga yotqizilgan. Shu kunning o‘zida tibbiyot muassasasi mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ispaniyaning Dori vositalari va sog‘liqni saqlash mahsulotlari agentligini (AEMPS) bemorga bu preparat salbiy ta’sir ko‘rsatgani haqida xabar berdi. Erkak bir necha kun og‘ir ahvolda reanimatsiya bo‘limida bo‘lgan va 12-aprelda vafot etdi.Hukumat AstraZeneca vaksinasidan foydalanish natijasida nojo‘ya reaksiya yuzaga kelgan, deb taxmin qilmoqda.Eslatib o‘tamiz, mart oyida Yevropa ittifoqi davlatlarida AstraZeneca bilan emlangan fuqarolarda salbiy oqibatlar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqala boshlagan edi.Birinchi bo‘lib bu haqda Avstriya bong urdi. Bu davlatda emlash jarayonidan so‘ng bir kishida ko‘psonli tromboz yuzaga kelgan va u oradan 10 kun o‘tib vafot etgan, yana bir kishi esa emlashdan so‘ng o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgandi.
https://oz.sputniknews.uz/20210403/britaniyada-astrazeneca-bilan-emlangach-etti-kishi-tromb-tufayli-vafot-etdi-18129494.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/03/16118815_236:0:2967:2048_1920x0_80_0_0_8fc3379f38aee40e0463b3abe3ef19e1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, emlash, vaksina, covid-19 umumjahon pandemiyasi, astrazeneca
dunyoda, emlash, vaksina, covid-19 umumjahon pandemiyasi, astrazeneca
Ispaniyada AstraZeneca bilan emlangan erkak vafot etdi
Ispaniyada AstraZeneca bilan emlangan o‘ttiz yoshli erkak vafot etdi.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Ispaniyaning Toledo shahrida (Kastiliya-La-Mancha) o‘ttiz yoshli erkak koronavirusga qarshi AstraZeneca preparati bilan emlanganidan so‘ng vafot etdi, deb xabar qildi
Encastillalamancha mahalliy nashri.
Erkak mahalliy institutlardan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. Xabar qilinishicha, u 9-aprel kuni og‘ir tromboz bilan kasalxonaga yotqizilgan. Shu kunning o‘zida tibbiyot muassasasi mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ispaniyaning Dori vositalari va sog‘liqni saqlash mahsulotlari agentligini (AEMPS) bemorga bu preparat salbiy ta’sir ko‘rsatgani haqida xabar berdi. Erkak bir necha kun og‘ir ahvolda reanimatsiya bo‘limida bo‘lgan va 12-aprelda vafot etdi.
Hukumat AstraZeneca vaksinasidan foydalanish natijasida nojo‘ya reaksiya yuzaga kelgan, deb taxmin qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida Yevropa ittifoqi davlatlarida AstraZeneca bilan emlangan fuqarolarda salbiy oqibatlar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqala boshlagan edi.
Birinchi bo‘lib bu haqda Avstriya bong urdi. Bu davlatda emlash jarayonidan so‘ng bir kishida ko‘psonli tromboz yuzaga kelgan va u oradan 10 kun o‘tib vafot etgan, yana bir kishi esa emlashdan so‘ng o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgandi.