https://oz.sputniknews.uz/20210403/britaniyada-astrazeneca-bilan-emlangach-etti-kishi-tromb-tufayli-vafot-etdi-18129494.html
Britaniyada AstraZeneca bilan emlangach, yetti kishi tromb tufayli vafot etdi
Britaniyada AstraZeneca bilan emlangach, yetti kishi tromb tufayli vafot etdi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Buyuk Britaniyada yetti kishi AstraZeneca bilan emlangandan so‘ng tromblar hosil bo‘lishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda britan tibbiyot
2021-04-03T15:14+0500
2021-04-03T15:14+0500
2021-04-03T15:14+0500
dunyoda
vafot etdi
emlash
buyuk britaniya
vaksina
covid-19 umumjahon pandemiyasi
astrazeneca
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/11/17798475_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_ba708c3f5cb70759ac2196aa28f7723e.jpg
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Buyuk Britaniyada yetti kishi AstraZeneca bilan emlangandan so‘ng tromblar hosil bo‘lishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda britan tibbiyot regulyatori – Dorivor vositalar va tibbiy buyumlarni nazorat qilish boshqarmasi xabar bergan.Ilgariroq, regulyator Britaniyada AstraZeneca bilan emlangach 30 kishida tromblar hosil bo‘lgani haqida xabar bergan edi.Shu bilan birga, MHRA vaksinalashning ustuvor jihatlari barcha salbiy oqibatlarni ortda qoldirishini qayd etib o‘tgan.Regulyator xabariga ko‘ra, BioNTech/Pfizer vaksinasi bilan emlanganlarda bunday holatlar qayd etilmagan.Eslatib o‘tamiz, mart oyida Yevropa ittifoqi davlatlarida AstraZeneca bilan emlangan fuqarolarda salbiy oqibatlar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqala boshlagan edi.Birinchi bo‘lib bu haqda Avstriya bong urdi. Bu davlatda emlash jarayonidan so‘ng bir kishida ko‘psonli tromboz yuzaga kelgan va u oradan 10 kun o‘tib vafot etgan, yana bir kishi esa vaksinalashdan so‘ng o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.Avstriyadan so‘ng boshqa yevropa davlatlari ham salbiy oqibatlar yuzaga kelayotgani haqida xabar qila boshladi.Britaniyada bu singari xabarlar tarqalmadi, chunki ushbu davlatda foydalanilayotgan vaksina Yevropa mamlakatlari foydalanayotgan vaksinalarni ishlab chiqarayotgan korxonalarda tayyorlanmagan.Yevropa ittifoqining ayrim davlatlari ehtiyot choralari tariqasida ushbu preparatdan foydalanishni vaqtincha to‘xtatishga qaror qilishdi.Ammo Yevropa regulyatori tez orada AstraZeneca vaksinasining xavfsizligi va samaradorligini tasdiqlab, preparat afzalliklari u bilan bog‘liq bo‘lgan xatarlardan ancha yuqoriligini qayd etgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210330/evropadagi-holatlardan-song-astrazeneca-vaktsinasi-oz-nomini-ozgartirdi-18033763.html
https://oz.sputniknews.uz/20210323/frantsiya-astrazeneca-17909680.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/11/17798475_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_4bb2f21ac3891be8949266a7476aa802.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, vafot etdi, emlash, buyuk britaniya, vaksina, covid-19 umumjahon pandemiyasi, astrazeneca
dunyoda, vafot etdi, emlash, buyuk britaniya, vaksina, covid-19 umumjahon pandemiyasi, astrazeneca
Britaniyada AstraZeneca bilan emlangach, yetti kishi tromb tufayli vafot etdi
Mart oyida Yevropa ittifoqi davlatlarida AstraZeneca bilan emlangan fuqarolarda salbiy oqibatlar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqala boshlagan edi.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Buyuk Britaniyada yetti kishi AstraZeneca bilan emlangandan so‘ng tromblar hosil bo‘lishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda britan tibbiyot regulyatori – Dorivor vositalar va tibbiy buyumlarni nazorat qilish boshqarmasi xabar bergan.
Ilgariroq, regulyator Britaniyada AstraZeneca bilan emlangach 30 kishida tromblar hosil bo‘lgani haqida xabar bergan edi.
Shu bilan birga, MHRA vaksinalashning ustuvor jihatlari barcha salbiy oqibatlarni ortda qoldirishini qayd etib o‘tgan.
Regulyator xabariga ko‘ra, BioNTech/Pfizer vaksinasi bilan emlanganlarda bunday holatlar qayd etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida Yevropa ittifoqi davlatlarida AstraZeneca bilan emlangan fuqarolarda salbiy oqibatlar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqala boshlagan edi.
Birinchi bo‘lib bu haqda Avstriya bong urdi. Bu davlatda emlash jarayonidan so‘ng bir kishida ko‘psonli tromboz yuzaga kelgan va u oradan 10 kun o‘tib vafot etgan, yana bir kishi esa vaksinalashdan so‘ng o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Avstriyadan so‘ng boshqa yevropa davlatlari ham salbiy oqibatlar yuzaga kelayotgani haqida xabar qila boshladi.
Britaniyada bu singari xabarlar tarqalmadi, chunki ushbu davlatda foydalanilayotgan vaksina Yevropa mamlakatlari foydalanayotgan vaksinalarni ishlab chiqarayotgan korxonalarda tayyorlanmagan.
Yevropa ittifoqining ayrim davlatlari ehtiyot choralari tariqasida ushbu preparatdan foydalanishni vaqtincha to‘xtatishga qaror qilishdi.
Ammo Yevropa regulyatori tez orada AstraZeneca vaksinasining xavfsizligi va samaradorligini tasdiqlab, preparat afzalliklari u bilan bog‘liq bo‘lgan xatarlardan ancha yuqoriligini qayd etgan.