https://oz.sputniknews.uz/20210413/barcha-terminallar-humo-va-uzcard-kartalarini-qabul-qiladi-18311188.html
Barcha terminallar “Humo” va “Uzcard” kartalarini qabul qiladi
Barcha terminallar “Humo” va “Uzcard” kartalarini qabul qiladi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. “Humo” va “Uzcard” to‘lov tizimlari hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. Bu haqda Uzcard matbuot xizmati xabar berdi.
2021-04-13T18:00+0500
2021-04-13T18:00+0500
2021-04-13T18:03+0500
iqtisod
humo
uzcard
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/945/29/9452970_0:0:1062:597_1920x0_80_0_0_dd53afeb7828b7545727bd4b88a8cb9c.png
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. “Humo” va “Uzcard” to‘lov tizimlari hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. Bu haqda Uzcard matbuot xizmati xabar berdi.Kompaniyalar bir nechta qo‘shma loyihalarni ishga tushiradi. Infratuzilmalarning bosqichma-bosqich integratsiyasi ulardan birinchisi bo‘ladi. Terminallar 2021-yil oxiriga qadar har ikki turdagi kartalarni qabul qilishni boshlashi kutilmoqda.“Infratuzilmalarning integratsiyasi karta egalari, banklar va biznes egalariga sezilarli foyda keltiradi. Xaridorlarning savdo nuqtalariga kelgach qaysi terminallardan foydalanish mumkinligi haqidagi o‘ylari yo‘qoladi, tadbirkorlar esa ikkala kartadan to‘lovlarni bitta terminal orqali qabul qilishlari mumkin bo‘ladi”, — dedi Milliy banklararo protsessing markazi direktori Shuhratbek Qurbonov.Shu bilan birga, Qurbonovning so‘zlariga ko‘ra, “Humo” va “Uzcard” O‘zbekistonning to‘lov xizmatlari bozorida raqobat muhitini yaratishda davom etadi.Shuningdek, memorandum doirasida kompaniyalar karta egalari, banklar, to‘lov tashkilotlari va chakana savdo nuqtalarining manfaatlarini himoya qilishga, naqdsiz to‘lovlarni rag‘batlantirish uchun texnologiyalarni takomillashtirishga, shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga kelishib olgan.Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Humo” va “Uzcard” to‘lov tizimlari integratsiyalashtirilishi xabar qilingan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20200623/Humo-va-Uzcard-tlov-tizimlari-integratsiyalashtiriladi-14395865.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/945/29/9452970_103:0:966:647_1920x0_80_0_0_a0a21e00eb9c22b05b714bf30d51378b.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, humo, uzcard
Barcha terminallar “Humo” va “Uzcard” kartalarini qabul qiladi
18:00 13.04.2021 (yangilandi: 18:03 13.04.2021) Terminallar 2021-yil oxiriga qadar har ikki turdagi kartalarni qabul qilishni boshlashi kutilmoqda.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. “Humo” va “Uzcard” to‘lov tizimlari hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. Bu haqda Uzcard matbuot xizmati
xabar berdi.
Kompaniyalar bir nechta qo‘shma loyihalarni ishga tushiradi. Infratuzilmalarning bosqichma-bosqich integratsiyasi ulardan birinchisi bo‘ladi. Terminallar 2021-yil oxiriga qadar har ikki turdagi kartalarni qabul qilishni boshlashi kutilmoqda.
“Infratuzilmalarning integratsiyasi karta egalari, banklar va biznes egalariga sezilarli foyda keltiradi. Xaridorlarning savdo nuqtalariga kelgach qaysi terminallardan foydalanish mumkinligi haqidagi o‘ylari yo‘qoladi, tadbirkorlar esa ikkala kartadan to‘lovlarni bitta terminal orqali qabul qilishlari mumkin bo‘ladi”, — dedi Milliy banklararo protsessing markazi direktori Shuhratbek Qurbonov.
Shu bilan birga, Qurbonovning so‘zlariga ko‘ra, “Humo” va “Uzcard” O‘zbekistonning to‘lov xizmatlari bozorida raqobat muhitini yaratishda davom etadi.
Shuningdek, memorandum doirasida kompaniyalar karta egalari, banklar, to‘lov tashkilotlari va chakana savdo nuqtalarining manfaatlarini himoya qilishga, naqdsiz to‘lovlarni rag‘batlantirish uchun texnologiyalarni takomillashtirishga, shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga kelishib olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Humo” va “Uzcard” to‘lov tizimlari integratsiyalashtirilishi xabar
qilingan edi.