“Humo” va “Uzcard” to‘lov tizimlari integratsiyalashtiriladi

© Sputnik / Yekaterina ChesnokovaTerminal oplati bankovskimi kartami
Terminal oplati bankovskimi kartami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasida “Yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori qabul qilindi.

Uzcard - Sputnik O‘zbekiston
Uzcard jarimalar haqida ogohlantiruvchi mobil ilova ishga tushirdi

Qaror bilan “Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlanib, qator tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.

Jumladan:

- aholi uchun iste’mol kreditlari ajratish tartibi yanada soddalashtiriladi va takomillashtiriladi;

- barcha kadastr hujjatlari raqamlashtiriladi;

- “Humo” va “Uzcard” to‘lov tizimlarini integratsiyalashtiriladi;

- "QR" kod orqali amalga oshiriladigan to‘lovlarning ommabopligi oshiriladi va ko‘lami kengaytiriladi;

- moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi muqobil tashkilotlar rivojlantiriladi, “Nobank kredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Yangiliklar lentasi
0