https://oz.sputniknews.uz/20210410/qashqadaryoda-eshak-qassoblari-qolga-olindi-18259622.html
Qashqadaryoda eshak qassoblari qo‘lga olindi
Qashqadaryoda eshak qassoblari qo‘lga olindi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Qashqadaryoda uyida eshak so‘yib sotayotgan shaxslar aniqlandi, deb xabar berdi viloyat IIB.
2021-04-10T16:04+0500
2021-04-10T16:04+0500
2021-04-10T16:04+0500
jamiyat
eshak go‘shti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/01/18073430_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_d55c53d2b27e67fc25e6ba799c5dd9ef.jpg
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Qashqadaryoda uyida eshak so‘yib sotayotgan shaxslar aniqlandi, deb xabar berdi viloyat IIB.Xabarda aytilishicha, 5-aprel kuni viloyat IIB xodimlarining tezkor sa’y-harakatlari natijasida Qarshi shahridagi Arabxona mahallasida yashovchi fuqaro X.Sh.ning xonadonida fuqaro X.J. tomonidan eshak so‘yilayotgani aniqlangan. Tekshiruv davomida xonadondan bo‘g‘izlangan eshaklar va uning ajratilgan terilari, xonalardan birida esa eshak go‘shti deb gumonlangan so‘yilgan lahm go‘sht mahsulotlari, 20 dona tirik eshaklar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Surishtiruv davomida fuqaro eshaklarni sotish uchun so‘yganini aytgan.Qarshi shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida olib qo‘yilgan lahm go‘sht mahsulotlari yaroqli yoki yaroqsizligini aniqlash maqsadida ekspertiza tayinlangan. Bo‘limning Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi tomonidan berilgan ekspertiza xulosasida go‘sht mahsulotlari iste’molga yaroqsizligi aytilgan. Natijada lahm go‘sht va terilar belgilangan tartibda yo‘q qilingan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan o‘tkazilayotgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilinadi, deyiladi xabarda.
https://oz.sputniknews.uz/20180331/7860093.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/01/18073430_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_56688fcbe42246e66af7a42051f04697.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, eshak go‘shti
Qashqadaryoda eshak qassoblari qo‘lga olindi
Eshak so‘yilgan xonadondan 20 dona tirik eshaklar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Qashqadaryoda uyida eshak so‘yib sotayotgan shaxslar aniqlandi, deb xabar berdi viloyat IIB.
Xabarda aytilishicha, 5-aprel kuni viloyat IIB xodimlarining tezkor sa’y-harakatlari natijasida Qarshi shahridagi Arabxona mahallasida yashovchi fuqaro X.Sh.ning xonadonida fuqaro X.J. tomonidan eshak so‘yilayotgani aniqlangan.
Tekshiruv davomida xonadondan bo‘g‘izlangan eshaklar va uning ajratilgan terilari, xonalardan birida esa eshak go‘shti deb gumonlangan so‘yilgan lahm go‘sht mahsulotlari, 20 dona tirik eshaklar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Surishtiruv davomida fuqaro eshaklarni sotish uchun so‘yganini aytgan.
Qarshi shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida olib qo‘yilgan lahm go‘sht mahsulotlari yaroqli yoki yaroqsizligini aniqlash maqsadida ekspertiza tayinlangan. Bo‘limning Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi tomonidan berilgan ekspertiza xulosasida go‘sht mahsulotlari iste’molga yaroqsizligi aytilgan.
Natijada lahm go‘sht va terilar belgilangan tartibda yo‘q qilingan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan o‘tkazilayotgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilinadi, deyiladi xabarda.