Mirziyoyev rahbarlarni tadbirkorlar bilan do‘st bo‘lishga chaqirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.04.2021
Obuna bo‘lish
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda hokimlar va sektor rahbarlariga o‘z hududida tadbirkorlikning ahvoli ko‘rsatib o‘tildi.
TOShKENT, 9 apr – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Tadbirkorlik mamlakat iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda. Xususan, o‘tgan yili kichik biznes subyektlariga jami 120 trillion so‘mlik kredit va moliyaviy yordamlar ajratildi. Natijada, pandemiyadan zarar ko‘rgan 104 mingdan ortiq korxona faoliyati tiklanib, xususiy korxonalar pul aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan 33 foizga o‘sdi.
List bumagi v ruke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2021
Yigirmaga yaqin hujjatning aholi va tadbirkorlardan talab qilinishi bekor qilindi
Joriy yilning birinchi choragida 27 mingta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil topgan. Tadbirkorlik uchun ajratilgan kreditlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13 foizga o‘sgan.
Yig‘ilishda ayrim hudud va sektor rahbarlari yaratilgan bu imkoniyatlardan haligacha to‘liq foydalana olmayotgani qayd etildi.

"Juda og‘ir yillarda yashayapmiz. Har kuni izlanish, intilish va pirovard maqsadga ishlash kerak. Tadbirkorni qo‘llab-quvvatlamasak, ularga sharoit yaratmasak, tadbirkorlarni ko‘paytirmasak, shahar va tumanlarda mahalliy budjet ko‘paymaydi-ku. Biz qanchalik ko‘p mablag‘ bermaylik, farmon-qarorlar qabul qilib, sharoit yaratmaylik, quyi pog‘onadagi rahbarlar dunyoqarashini o‘zgartirib, tadbirkor bilan do‘st bo‘lib ishlamasa, natija bo‘lmaydi"

Shavkat Mirziyoyev

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda hokimlar va sektor rahbarlariga o‘z hududida tadbirkorlikning ahvoli ko‘rsatib o‘tildi.
Mutasaddilardan qaysi hududda qaysi tadbirkorlik yo‘nalishlari rivojlantirilib, nechta yangi loyiha amalga oshirilishi, qancha ish o‘rni yaratilib, qancha aholi ish bilan ta’minlanishi bo‘yicha so‘rov bo‘ldi.
Tadbirkorlik uchun yer va binolar ajratish masalasi ham muhokama qilindi.
Davlat rahbari aholi bandligini ta’minlash uchun ularga o‘zi yashaydigan mahallada sharoit yaratib berish zarurligini ta’kidladi.
Ministr zanyatosti i trudovix otnosheniy Uzbekistana Sherzod Kudbiyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2021
"Obnalchi" - tadbirkorning birinchi dushmani - Sherzod Qudbiyev
Mutasaddi tashkilotlarga yengil konstruksiyali savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish, ularni auksion orqali joylashtirish tartibini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Chekka hududlarda joylashgan yer uchastkalarining boshlang‘ich narxini 50 foizgacha chegirma bilan sotuvga qo‘yish vakolatini mahalliy kengashlarga berish taklifi bildirildi. Bundan tashqari, unumdorligi past bo‘lgan va foydalanilmayotgan qishloq xo‘jaligi yerlarida ham kichik sanoat zonalari tashkil etish mumkinligi aytildi.
Zamestitel biznes-ombudsmena Uzbekistana Djamshid Urinov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2019
Jamshid Urinov biznes-ombudsmen vazifalari va Mirziyoyevga topshiriladigan hisobotlar haqida
Biznes-ombudsmanga joylarga chiqib, tadbirkorlarning infratuzilma bilan bog‘liq muammolarini o‘rganib borish va ularni hal etish bo‘yicha Bosh vazirga takliflar kiritish topshirildi.
Tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan, tadbirkorlar bilan ishlashga yetarlicha e’tibor bermagan hokimlar va sektor rahbarlariga nisbatan intizomiy choralar belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0