https://oz.sputniknews.uz/20210323/yigirmaga-yaqin-hujjatning-aholi-va-tadbirkorlardan-talab-qilinishi-bekor-qilindi-17918280.html
Yigirmaga yaqin hujjatning aholi va tadbirkorlardan talab qilinishi bekor qilindi
Yigirmaga yaqin hujjatning aholi va tadbirkorlardan talab qilinishi bekor qilindi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada burokratik to‘siqlarni
2021-03-23T20:03+0500
2021-03-23T20:03+0500
2021-03-23T20:03+0500
jamiyat
ma’lumotnoma
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/752/94/7529473_2:0:1872:1052_1920x0_80_0_0_4dfe15dfab51b0011d0e5921e810e84f.jpg
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada burokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.Farmon bilan 2021-yil 1-iyundan davlat xizmatlari ko‘rsatish va ortiqcha tartib-tamomillarni qisqartirish bo‘yicha quyidagi yengilliklar yaratilmoqda:Notarial harakatlarni amalga oshirishda FHDYo bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar fuqarolardan talab qilinmasdan elektron tizimi orqali olinadi. Tadbirkorlik subyekti bo‘lgan yuridik shaxslarning vakiliga davlat xizmatlaridan foydalanish uchun yig‘im va davlat bojini naqd pul shaklida to‘lashga ruxsat berildi.Shuningdek, xorijiy tijorat tashkilotlarining O‘zbekistondagi vakolatxonasi xodimini akkreditatsiya qilishda OITS kasalligi yo‘qligi to‘g‘risidagi sertifikatni talab qilish amaliyoti bekor qilindi.QR-kod (matrik shtrixli kod) orqali berilgan hujjatlar bo‘yicha ularning dublikatlarini berish tartibi bekor qilindi. Endilikda ushbu hujjatlarning dublikatini YaIDXP orqali bepul olish mumkin.450 dan ortiq qonun hujjatida belgilangan 18 turdagi ma’lumot va hujjatlarni aholi hamda tadbirkorlardan talab qilinishi bekor qilindi. Ushbu hujjatlar vakolatli davlat organi tomonidan “Elektron hukumat” platformasi orqali olinadi.18 turdagi ma’lumotlarni va hujjatlarni idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda “Elektron hukumat” tizimi orqali berish yo‘lga qo‘yiladi. Natijada aholining idorama-idora sarson bo‘lib yurishi oldi olinadi.
https://oz.sputniknews.uz/20191211/Yangi-yildan-boshlab-28-ta-malumotnoma-srash-tartibi-bekor-ilindi---12986139.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/752/94/7529473_293:0:1696:1052_1920x0_80_0_0_982e4dd0a4765ea00702ef91b55e76a9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, ma’lumotnoma
Yigirmaga yaqin hujjatning aholi va tadbirkorlardan talab qilinishi bekor qilindi
18 turdagi ma’lumotlarni va hujjatlarni idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda “Elektron hukumat” tizimi orqali berish yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada burokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident
farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan 2021-yil 1-iyundan davlat xizmatlari ko‘rsatish va ortiqcha tartib-tamomillarni qisqartirish bo‘yicha quyidagi yengilliklar yaratilmoqda:
7 ta turdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini (tug‘ilish, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralish, o‘lim, ism va familiyani o‘zgartirish, otalikni belgilash hamda farzandlikka olishni) qayd etish;
nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshiriladi.
Notarial harakatlarni amalga oshirishda FHDYo bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar fuqarolardan talab qilinmasdan elektron tizimi orqali olinadi.
Tadbirkorlik subyekti bo‘lgan yuridik shaxslarning vakiliga davlat xizmatlaridan foydalanish uchun yig‘im va davlat bojini naqd pul shaklida to‘lashga ruxsat berildi.
Shuningdek, xorijiy tijorat tashkilotlarining O‘zbekistondagi vakolatxonasi xodimini akkreditatsiya qilishda OITS kasalligi yo‘qligi to‘g‘risidagi sertifikatni talab qilish amaliyoti bekor qilindi.
QR-kod (matrik shtrixli kod) orqali berilgan hujjatlar bo‘yicha ularning dublikatlarini berish tartibi bekor qilindi. Endilikda ushbu hujjatlarning dublikatini YaIDXP orqali bepul olish mumkin.
450 dan ortiq qonun hujjatida belgilangan 18 turdagi ma’lumot va hujjatlarni aholi hamda tadbirkorlardan talab qilinishi bekor qilindi. Ushbu hujjatlar vakolatli davlat organi tomonidan “Elektron hukumat” platformasi orqali olinadi.
18 turdagi ma’lumotlarni va hujjatlarni idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda “Elektron hukumat” tizimi orqali berish yo‘lga qo‘yiladi. Natijada aholining idorama-idora sarson bo‘lib yurishi oldi olinadi.