Jizzaxda o‘g‘ri 20-yil avval maktab o‘quvchisini zo‘rlagani fosh etildi

© Sputnik / Abzal KaliyevOgrablenie
Ograblenie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2021
Obuna bo‘lish
Ayblanuvchi qizni pichoq bilan qo‘rqitgan va birov bilsa o‘ldirishini aytgan.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Jizzax viloyati Paxtakor tumani 20-yil avval maktab o‘quvchini zo‘rlagan shaxs ushlandi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar qildi.
Xabarda yozilishicha, tumandagi Chamanzor qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi Sh.E.ning uyida o‘g‘rilik yuz bergan. Xonadon derazasi ochiqligidan foydalangan o‘g‘ri yotoqxonadagi seyfning qulfini buzib, 8 million so‘m pulni olib ketgan.
Devushka zakrivayet litso rukami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2021
Navoiylik yosh qiz qarz evaziga Turkiyada sotib yuborildi
Tezkor qidiruv tadbirlari natijasida bu ishni jabrlanuvchining mahalladoshi M.B. sodir qilgani aniqlangan. Undan 351 ming so‘m hujjatlashtirib olingan.
Tergovga qadar surishtiruv davomida ayblanuvchining yana bir jinoyati fosh qilingan. Ayon bo‘lishicha, u 2001-yilning 1-oktabrida hududdagi turar joylardan birining yotoqxonasiga kirib, maktab o‘quvchisini zo‘rlagan. Qizni pichoq bilan qo‘rqitgan. Keyin birovga aytsa o‘ldirish bilan tahdid qilgan.
Jinoyatini yashirish maqsadida qizning kiyim-kechagini o‘z yashash joyidagi hojatxonaga tashlab yuborgan.
Mazkur holat bo‘yicha ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0