https://oz.sputniknews.uz/20210403/senatda-suitsidning-oldini-olish-masalasi-muhokama-qilindi-18131719.html
Senatda suitsidning oldini olish masalasi muhokama qilindi
Senatda suitsidning oldini olish masalasi muhokama qilindi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 3 apr - Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatida o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish hamda unga moyil bo‘lgan shaxslar bilan kompleks ishlash
2021-04-03T17:37+0500
2021-04-03T17:37+0500
2021-04-14T18:39+0500
jamiyat
hodisalar
o‘zbekiston oliy majlisi senati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1326/30/13263077_0:134:1281:854_1920x0_80_0_0_adae11760a9647de730bea4f47166a3b.jpg
TOShKENT, 3 apr - Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatida o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish hamda unga moyil bo‘lgan shaxslar bilan kompleks ishlash bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi muhokama qilindi.Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatida olib borilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqilgan.O‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish hamda unga moyil bo‘lgan shaxslar bilan kompleks ishlash bo‘yicha hududlardagi maktab, o‘rta kasb-hunar ta’limi muassasalari va oliy ta’lim muassasalarida psixolog mutaxassislar tomonidan tizimli ish olib borilmoqda.Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyati barcha tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida joylashgan “Ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish xonasi” psixiatr shifokorlarning hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarning yillik rejalari ishlab chiqilgan va tegishli tashkilot hamda muassasalar tomonidan tasdiqlangan.Majlisda bu borada yechimini kutayotgan muammolar mavjudligi qayd etilgan. Jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘z joniga qasd qilgan oilalar bilan ishlash bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilmaganligi, o‘rganilgan hududlarda ishlab chiqilgan idoralararo chora-tadbirlar ijrosi bo‘yicha tizimli ishlar tashkil etilmaganligi, zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish hududiy markazlari faoliyati yetarli darajada tashkil etilmaganligi ta’kidlangan.Shuningdek, kelgusida bunday holatlarning oldini olish hamda o‘z joniga qasd qilishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan kompleks ishlash bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi va Qo‘mitalarning qo‘shma qarori qabul qilingan.
https://oz.sputniknews.uz/20201031/Suv-omboridagi-otillik-Namanganda-al-ikki-farzandini-ldirib-sng-z-zhoniga-asd-ildi-15297147.html
https://oz.sputniknews.uz/20200916/ayuli-muabbat-Namanganda-yigit-va-iz-z-zhoniga-asd-ildi-14989786.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1326/30/13263077_0:0:1139:854_1920x0_80_0_0_3407cf006a4fba0ea3e465ac7dde863b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, hodisalar , o‘zbekiston oliy majlisi senati
jamiyat, hodisalar , o‘zbekiston oliy majlisi senati
Senatda suitsidning oldini olish masalasi muhokama qilindi
17:37 03.04.2021 (yangilandi: 18:39 14.04.2021) Yig‘ilishda xotin-qizlar bilan ishlashda himoya orderi mexanizmi yo‘lga qo‘yilgani va bu yuz berishi mumkin bo‘lgan turli holatlarning oldini olishga xizmat qilayotgani qayd etilgan.
TOShKENT, 3 apr - Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatida o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish hamda unga moyil bo‘lgan shaxslar bilan kompleks ishlash bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi
muhokama qilindi.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatida olib borilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqilgan.
Ta’kidlanishicha, xotin-qizlar bilan ishlashda himoya orderi mexanizmi yo‘lga qo‘yilganligi yuz berishi mumkin bo‘lgan turli holatlarning oldini olishga xizmat qilmoqda. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2020-yilda 1245 nafar, Buxoro viloyatida 862 nafar ayollarga berilgan himoya orderlari oilaviy munosabatlarning izga tushishini ta’minlagan.
O‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish hamda unga moyil bo‘lgan shaxslar bilan kompleks ishlash bo‘yicha hududlardagi maktab, o‘rta kasb-hunar ta’limi muassasalari va oliy ta’lim muassasalarida psixolog mutaxassislar tomonidan tizimli ish olib borilmoqda.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyati barcha tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida joylashgan “Ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish xonasi” psixiatr shifokorlarning hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarning yillik rejalari ishlab chiqilgan va tegishli tashkilot hamda muassasalar tomonidan tasdiqlangan.
Majlisda bu borada yechimini kutayotgan muammolar mavjudligi qayd etilgan. Jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘z joniga qasd qilgan oilalar bilan ishlash bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilmaganligi, o‘rganilgan hududlarda ishlab chiqilgan idoralararo chora-tadbirlar ijrosi bo‘yicha tizimli ishlar tashkil etilmaganligi, zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish hududiy markazlari faoliyati yetarli darajada tashkil etilmaganligi ta’kidlangan.
Shuningdek, kelgusida bunday holatlarning oldini olish hamda o‘z joniga qasd qilishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan kompleks ishlash bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi va Qo‘mitalarning qo‘shma qarori qabul qilingan.