Jurnalistlarni ta’qib qilish: G‘arb Boltiqbo‘yi davlatlari yutuqlariga havas qiladi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishChlen Obshestvennoy palati RF, jurnalistka Mariya Butina v odinochnom pikete v zashitu svobodi slova v podderjku russkoyazichnix jurnalistov Latvii vozle Doma priyemov MID Rossii.
Chlen Obshestvennoy palati RF, jurnalistka Mariya Butina v odinochnom pikete v zashitu svobodi slova v podderjku russkoyazichnix jurnalistov Latvii vozle Doma priyemov MID Rossii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2021
Obuna bo‘lish
Boltiqbo‘yi respublikalari rusiyzabon jurnalistikasiga qarshi hujumlarini davom ettirmoqda - buni topag‘onlik va zavq bilan qilishmoqda.
Kechagi kun birdaniga ikkita yangilik olib keldi. Estoniyada huquq himoyachisi, publitsist, Baltnews axborot agentligi muallifi Sergey Seredenko davlatga qarshi faoliyatda ayblanib hibsga olindi. Latviya Bosh prokuraturasi esa Baltnews va Sputnik Latviya portallari bilan hamkorlik qilgan (ikkalasi ham “Rossiya segodnya” XAA media guruhiga kiradi) va Yevropa Ittifoqining sanksiyalar rejimini buzganlikda ayblanayotgan jurnalist Alla Berezovskayaga qarshi ochilgan jinoiy ishini yopishni rad etdi.
Gimnaziyada ko‘cha supuruvchi bo‘lib ishlagan (ijtimoiy faoliyati tufayli o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga kira olmagan) va publitsistik maqolalar yozgan Seredenko qanday qilib "chet davlatning ko‘rsatmasi bilan Estoniyaga qarshi qaratilgan jinoyat qilgani”, tushunarsiz. Uning ishi bo‘yicha ayblovchi tomon pozitsiyasining tafsilotlari hali ma’lum emas.
Odinochnie piketi u posolstva Latvii v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2021
Butina latviyalik rusiyzabon jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlab piketga chiqdi
Biroq Latviya prokuraturasi Berezovskaya va uning hamkasblari tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning mohiyatini nimada ko‘rayotganiga oydinlik kiritdi. Gap "Rossiya segodnya" axborot agentligi bosh direktori Dmitriy Kiselevga qarshi YeI tomonidan qo‘yilgan shaxsiy sanksiyalar haqida. Ma’lumki, bular qora ro‘yxatga kiritilgan shaxsning tegishli bo‘lib, uning mamlakatga kirishini taqiqlash va u yerdagi aktivlarini muzlatib qo‘yishni nazarda tutadi (agar mavjud bo‘lsa, albatta).
Cheklovlar o‘z nomi bilan shaxsiy xususiyatga ega bo‘lishi alohida ta’kidlangan. YeIning sanksiyalar to‘g‘risidagi reglamentida "sanksiyalangan shaxslarga har qanday mablag‘ yoki xo‘jalik resurslarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita yetkazib berishni taqiqlash"ni nazarda tutilgan.
“Rossiya segodnya” XAA - xususiy emas, balki davlat korxonasi. Dmitriy Kiselev uning egasi hisoblanmaydi, u - yonlanma xodim. Umuman na media guruhi, na uning bo‘linmalari G‘arb sansiyalar ro‘yxatida hech qanday ko‘rinishda qatnashmagan.
Keyinchalik huquqiy kazuistika (chigal yoki shubhali da’volarni to‘g‘riga ustalik bilan chiqarish, ustomonlik) boshlanadi.
Alla Berezovskaya va uning hamkasblari Baltnews va Sputnik Latviya uchun yozgan maqolalar Latviya huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan ular sanksiyalangan shaxsga taqdim etgan xo‘jalik resurslar sifatida qaralmoqda. Umuman olganda jurnalistik matnlar shunchaki "xo‘jalik resursi" parametrlariga mos kelmaydi, degan advokatning e’tirozi prokuratura tomonidan rad etildi. Xo‘sh, alohida savol tug‘iladi – jurnalistlar, o‘zlari shu’ba OAVda ishlagan bir paytda, katta media tuzilmasi rahbariga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar to‘g‘risida bilishga majburmi.
Huquqiy lo‘ttibozlikdan tashqarida, vaziyat ancha sodda va ravshanroq ko‘rinadi: Boltiqbo‘yi davlatlarida rus nashrlar va rusiyzabon jurnalistlarning ta’qib etilishining zamirida - faqat siyosiy tub sabablar. Ushbu davlatlar hukumatlari milliy xavfsizlikka tahdid soladigan kuch sifatida qaralib, ularga qarshi kurashishni maqsad qilib olgan.
Odinochnie piketi u posolstva Latvii v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2021
Faollar Latviya elchixonasi oldida yakkaxon piket uyushtirishdi
Biroq, OAV va ularning xodimlariga bunday qarash, albatta, bu davlatlardagi yuzaga kelgan vaziyat haqida juda ko‘p narsani aytadi.
Shu bilan birga, faqat Boltiqbo‘yi davlatlari hukumatlarini qoralash adolatsiz bo‘ladi. Oxir oqibat, ularning faoliyati G‘arbning eng zamonaviy va aktual tendensiyalariga batamom va to‘liq mos keladi. U yerda - ayniqsa okeanning narigi tomonida, ommaviy axborot vositalarini norozilardan global tozalash odatiy tendensiyaga aylandi, so‘z erkinligi an’analari esa tezda unutilgan.
Faqatgina farq tafsilotlarda. Boltiqbo‘yi davlatlari uchun – jo‘g‘rofik joylashuv, tarix va ijtimoiy omillar tufayli "Rossiya tahdidi" birinchi o‘rinda turadi. Amerika AQSh va G‘arbiy Yevropa ko‘proq o‘zlarining "reaksionerlari" bilan kurashishga ko‘proq e’tibor berishadi. Biroq, ular Kremlning “media-paypaslagichi” haqida esdan chiqarishmaydi.
Bu yerda, aksincha, yana bir narsa qiziq: Boltiqbo‘yi qo‘shnilarining tanlangan yo‘lda G‘arb yetakchilariga qaraganda ancha katta yutuqlarga erishish uchun yaxshi imkoniyati bor. Nomaqbul jurnalistlar va butun OAVlar og‘zini yopish mumkin - G‘arb so‘nggi yillarda bunga juda ko‘p misollarni ko‘rsatdi.
Lavrov: Rossiya ne sobirayetsya vklyuchat Karabax v svoy sostav - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2021
Latviyada Baltnews.lv va Sputnik'ga bosim o‘tkazishni to‘xtatishni talab qilamiz - Lavrov
Bundan tashqari, ijtimoiy media dunyosida ham yuqori darajadagi birdamlikni saqlab qolish mumkin edi. Yaqindagi ijtimoiy tarmoqlarni trampistlardan tozalash va konservativ platformalar uchun kislorodning yopish o‘z samaradorligi bilan katta taassurot qoldirdi.
Ammo bularning barchasi muammoni tubdan hal qilmaydi. Noqulay va "noto‘g‘ri" fikrlarni butunlay ezib tashlay olmaysiz, chunki ularning ortida jamiyatning muhim qismi, millionlab odamlar turibdi. Odamlar o‘zlari haqida baland ovoz bilan tanitish va ularni eshitishga majbur qilish yo‘lini topishadi.
Aynan Boltiqbo‘yi davlatlari bu yerda juda katta ustunlikka ega. Ularda odamsiz qolish tez sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Bu nafaqat rusiyzabon aholi, balki mahalliy aholiga ham tegishli.
Fuqarolarning (fuqaro bo‘lmaganlarning) eng faol va mehnatkash qismi yaxshiroq hayot izlab mamlakatdan tinimsiz oqim bo‘lib ketganda, davlatning faoliyati ko‘p jihatdan ancha osonlashadi. Aholi esa amaldorlar uchun juda katta noqulaylik.
Bu yerda esa faqat tinchlik va osoyishtalik. Hukumat qarorlari hech qaysi biri jamoatchilik noroziligini keltirib chiqarmaydi. O‘z huquqlari uchun kurashadiganlar yo‘q. Quvg‘in qilingan jurnalistlarni himoya qiladigan odam ham yo‘q. Burokratik apparat uchun hayot yoqimli va qulay bo‘lib qoladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada davlat uchun o‘ta noqulay jarayonlar rivojlanib borishi esa bu shunchaki mayda-chuyda narsa. Qo‘shnilarimiz tajribasi ko‘rsatib turibdiki, bu hech qanday tarzda davlat apparatining gullab-yashnashiga va "haqiqiy to‘laqonli davlat" ko‘rinishini saqlashga ta’sir qilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0