https://oz.sputniknews.uz/20210126/Faollar-Latviya-elchikhonasi-oldida-yakkakhon-piket-uyushtirishdi-15869307.html
Faollar Latviya elchixonasi oldida yakkaxon piket uyushtirishdi
Faollar Latviya elchixonasi oldida yakkaxon piket uyushtirishdi
Sputnik O‘zbekiston
Vishinskiy va Butina Latviya elchixonasi oldida OAV ta’qib qilinishiga qarshi norozilik namoyishiga chiqishdi. 26.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-26T14:52+0500
2021-01-26T14:52+0500
2021-01-26T14:56+0500
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1a/15869270_0:59:3072:1795_1920x0_80_0_0_514060e2ece535ad5bbcd9b7c86341be.jpg
TOShKENT, 26 yanv —Sputnik. Ukraina qamoqxonasida ozod qilingan “Rossiya Segodnya” mediaguruhining ijroiy direktori Kirill Vishinskiy hamda AQSh qamoqxonasidan ozod qilingan Rossiya Jamoatchilik kengashi a’zosi Mariya Butina Moskvada Latviya eelchixonasi oldida yakkaxon piketga chiqishdi.Ular boltiqbo‘yi respublikasida rus tilida chop etilayotgan OAVlarga bosim o‘tkazilishiga qarshi fikr bildirishgan.Xususan, Butinaning qo‘lidagi plakatda "So‘z erkinligi cheklangan qattiq tartibli qamoqxona” deb yozilgan va Latviya xaritasi tikanli sim ichida aks etgan."Latviyada nafaqat bizning hamkasabalarimiz jurnalistlar, balkim bizning vatandoshlarimiz huquqlari ham buzilmoqda. U yerda jurnalistning eng asosiy huquqi – o‘z qarashlariga mos bo‘lgan tahririyatni tanlash huquqi buzilmoqda. Latviya Yevropa sanksiyalari bilan manipulyatsiya qilayotganini nafaqat biz, balkim aslida bizga unchalik xayrixoh bo‘lmagan "Chegara bilmas reportorlar” tashkiloti ham qayd etmoqda”, - deydi Vishinskiy.Eslatib o‘tamiz, dekabr oyida MIA “Rossiya Segodnya” axborot agentligi bilan hamkorlik qilayotgan Latviyaning Baltnews va Sputnik.Latviya nashrlari jurnalistlari ta’qib qilina boshlangan edi. Latviya sudlari qaroriga binoan ularning ayrimlariga jarima solingan, ayrimlari qamoqqa olingan va ba’zilarning uylarida tintuv o‘tkazilgan.Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ushbu harakatlarni – demokratik jamiyat prinsiplari buzilishi va inson huquqlari deklaratsiyasiga zid deb atagan, hamda tegishli Yevropa va Umumjahon tashkilotlariga murojaatnomalar yuborgan edi.Shu bilan birga Rossiya TIV YeI sanksiyalari – shaxsan MIA “Rossiya Segodnya” axborot agentligi direktori Dmitriy Kiselev va Russia Today telekanali direktori Margarita Simonyanga taaluqli ekanini qayd etgan.
https://oz.sputniknews.uz/20201204/TIV-Latviyada-Sputnik-va-Baltnews-zhurnalistlarining-ibsga-olinishini-keskin-oraladi-15535780.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1a/15869270_0:0:3072:1931_1920x0_80_0_0_6c9d493026b0f9c6f5c711b2f130233a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda
Faollar Latviya elchixonasi oldida yakkaxon piket uyushtirishdi
14:52 26.01.2021 (yangilandi: 14:56 26.01.2021) Vishinskiy va Butina Latviya elchixonasi oldida OAV ta’qib qilinishiga qarshi norozilik namoyishiga chiqishdi.
TOShKENT, 26 yanv —Sputnik. Ukraina qamoqxonasida ozod qilingan “Rossiya Segodnya” mediaguruhining ijroiy direktori Kirill Vishinskiy hamda AQSh qamoqxonasidan ozod qilingan Rossiya Jamoatchilik kengashi a’zosi Mariya Butina Moskvada Latviya eelchixonasi oldida yakkaxon piketga
chiqishdi.
Ular boltiqbo‘yi respublikasida rus tilida chop etilayotgan OAVlarga bosim o‘tkazilishiga qarshi fikr bildirishgan.
Xususan, Butinaning qo‘lidagi plakatda "So‘z erkinligi cheklangan qattiq tartibli qamoqxona” deb yozilgan va Latviya xaritasi tikanli sim ichida aks etgan.
“Afsuski men yana bir bor qo‘limga kishan taqishga majbur bo‘ldim. Bu men istagan ishlar ichida eng oxirgisi edi, lekin vatandoshlarim, latviyalik jurnalistlar bilan hamdard bo‘lish uchun shunday qilishga majbur bo‘ldim. Ular ayni damda muqobil nuqtayi nazarda va Rossiya OAVlari bilan aloqada bo‘lganliklari uchun ta’qib qilinmoqda”, - deydi Butina.
"Latviyada nafaqat bizning hamkasabalarimiz jurnalistlar, balkim bizning vatandoshlarimiz huquqlari ham buzilmoqda. U yerda jurnalistning eng asosiy huquqi – o‘z qarashlariga mos bo‘lgan tahririyatni tanlash huquqi buzilmoqda. Latviya Yevropa sanksiyalari bilan manipulyatsiya qilayotganini nafaqat biz, balkim aslida bizga unchalik xayrixoh bo‘lmagan "Chegara bilmas reportorlar” tashkiloti ham qayd etmoqda”, - deydi Vishinskiy.
Eslatib o‘tamiz, dekabr oyida MIA “Rossiya Segodnya” axborot agentligi bilan hamkorlik qilayotgan Latviyaning Baltnews va Sputnik.Latviya nashrlari jurnalistlari ta’qib qilina boshlangan edi. Latviya sudlari qaroriga binoan ularning ayrimlariga jarima solingan, ayrimlari qamoqqa olingan va ba’zilarning uylarida tintuv o‘tkazilgan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ushbu harakatlarni – demokratik jamiyat prinsiplari buzilishi va inson huquqlari deklaratsiyasiga zid deb atagan, hamda tegishli Yevropa va Umumjahon tashkilotlariga murojaatnomalar yuborgan edi.
Shu bilan birga Rossiya TIV YeI sanksiyalari – shaxsan MIA “Rossiya Segodnya” axborot agentligi direktori Dmitriy Kiselev va Russia Today telekanali direktori Margarita Simonyanga taaluqli ekanini qayd etgan.