Turkiyada dam olish kunlari yana komendantlik soati kiritiladi

© Sputnik / Aleksey KudenkoStambul
Stambul - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Turkiyada koronavirusga qarshi kurashish maqsadida karantin choralari kuchaytiriladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Erdog‘an hukumat yig‘ilishidan so‘ng ma’lum qildi.
Koronavirusdan o‘limlar soni oshayotgani mavjud xavfsizlik choralarini qayta ko‘rib chiqishimizga majbur qildi. 58 ta hudud yana yuqori xavf hududlariga aylandi. Ularda shanba va yakshanba kunlari komendantlik soati joriy etiladi. Ish kunlarida soat 21:00 dan 05:00 gacha amal qilayotgan komendantlik soati o‘z kuchida qoladi.
Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Rajab Erdog‘an
Turkiya prezidenti
Yuqori xavf hududlariga Istanbul, Anqara, Antaliya va Izmir ham kiradi.
Komendantlik soati paytida kafe va restoranlar mijozlarni qabul qilmaydi va faqat taomlarni yetkazib berish ishlaydi. Qolgan payt ular sig‘imiga qarab restoranni mijozlarning 50 foizi bilan to‘ldirishlari kerak.
Bundan tashqari, Ramazon oyida ommaviy saharlik va iftorliklar o‘tkazish taqiqlanadi.
Karantin v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2021
Qozog‘iston “qizil” hududga kirdi
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 3,2 milliondan oshgan. 31 mingdan ziyod kishi pandemiya qurboni bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0