https://oz.sputniknews.uz/20210330/qozogiston-qizil-hududga-kirdi-18040186.html
Qozog‘iston “qizil” hududga kirdi
Qozog‘iston “qizil” hududga kirdi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Qozog‘iston COVID-19 tarqalishi bo‘yicha “qizil” hududga kiritildi. Mamlakat hududlaridagi epidemiologik vaziyatni baholash matritsasida
2021-03-30T16:32+0500
2021-03-30T16:32+0500
2021-03-30T16:32+0500
dunyoda
qozog‘iston
olmaota
covid-19 umumjahon pandemiyasi
karantin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/1e/18040018_0:0:3067:1725_1920x0_80_0_0_75258157c8418b6f41782c4af80c4f41.jpg
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Qozog‘iston COVID-19 tarqalishi bo‘yicha “qizil” hududga kiritildi. Mamlakat hududlaridagi epidemiologik vaziyatni baholash matritsasida bunday ma’lumotlar keltirilgan, deya yozadi Sputnik Qozog‘iston nashri.2021 yil 30-mart holatiga ko‘ra, Nur-Sulton, Olmaota shaharlari, Atirau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlari “qizil” hududda.“Sariq hududda”: Aqto‘be, Olmaota va Qarag‘andi viloyatlari.“Yashil” hududda: qolgan barcha mintaqalar.Qayd etish joizki, kuni kecha Olmaota va Nur-Sultonda karantin kuchaytirildi. Bu shaharlarda kuniga yangi 300 ta kasallanish holatlari aniqlanmoqda. Mutaxassislar koronavirusning yuqori tarqalish sur’atini mamlakatda koronavirusning yangi shtammlari paydo bo‘lganligi bilan bog‘lashmoqda. Qolaversa, mamlakatda koronavirus yangi olmaotacha shtammi paydo bo‘lgani taxmin qilinmoqda.29 mart kuni Qozog‘istonda 1445 kishida koronavirus aniqlangan. Jami kasallanganlar soni 243 318 nafarga yetgan. Bir sutkada 17 kishi vafot etgan. Kovid qurbonlari soni 3 029 tashkil etmoqda. Bu Markaziy Osiyodagi eng yuqori ko‘rsatgich.
https://oz.sputniknews.uz/20210316/ozoiston-bosh-vaziri-sputnik-v-bilan-emlanganlarning-avoli-aida-akhborot-berdi-17774188.html
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/1e/18040018_175:0:2904:2047_1920x0_80_0_0_06cd96efcf4b9a8a631731bde27f6e6e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, qozog‘iston, olmaota, covid-19 umumjahon pandemiyasi, karantin
dunyoda, qozog‘iston, olmaota, covid-19 umumjahon pandemiyasi, karantin
Qozog‘iston “qizil” hududga kirdi
Qayd etish joizki, kuni kecha Olmaota va Nur-Sultonda karantin kuchaytirildi.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Qozog‘iston COVID-19 tarqalishi bo‘yicha “qizil” hududga kiritildi. Mamlakat hududlaridagi epidemiologik vaziyatni baholash matritsasida bunday ma’lumotlar keltirilgan, deya
yozadi Sputnik Qozog‘iston nashri.
2021 yil 30-mart holatiga ko‘ra, Nur-Sulton, Olmaota shaharlari, Atirau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlari “qizil” hududda.
“Sariq hududda”: Aqto‘be, Olmaota va Qarag‘andi viloyatlari.
“Yashil” hududda: qolgan barcha mintaqalar.
Qayd etish joizki, kuni kecha Olmaota va Nur-Sultonda karantin kuchaytirildi. Bu shaharlarda kuniga yangi 300 ta kasallanish holatlari aniqlanmoqda. Mutaxassislar koronavirusning yuqori tarqalish sur’atini mamlakatda koronavirusning yangi shtammlari paydo bo‘lganligi bilan bog‘lashmoqda. Qolaversa, mamlakatda koronavirus yangi olmaotacha shtammi paydo bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
29 mart kuni Qozog‘istonda 1445 kishida koronavirus aniqlangan. Jami kasallanganlar soni 243 318 nafarga yetgan. Bir sutkada 17 kishi vafot etgan. Kovid qurbonlari soni 3 029 tashkil etmoqda. Bu Markaziy Osiyodagi eng yuqori ko‘rsatgich.