Samarqandda is gazi to‘rt kishining umriga zomin bo‘ldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina skoroy pomoshi
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2021
Obuna bo‘lish
5 nafar fuqaro xonadonda o‘rnatilgan isitish pechi (golland pechi)dan is gazi ajralib chiqishi natijasida zaharlangan.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Samarqand shahrida to‘rt kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi.
Samarqand viloyati prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa 28-mart kuni soat taxminan 11:00 larda ro‘y bergan. Samarqand shahri M.Shayxzoda MFYda vaqtincha yashovchi 5 nafar fuqaro xonadonda o‘rnatilgan isitish pechi (golland pechi)dan is gazi ajralib chiqishi natijasida zaharlangan.
Ruka cheloveka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.03.2021
Qoraqalpog‘istonda besh kishi is gazidan zaharlanib o‘ldi
Natijada 4 nafar fuqaro vafot etgan, 1 nafari esa kuchli zaharlanish alomatlari bilan shahardagi kasalxonaga yotqizilgan.
Samarqand shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0