https://oz.sputniknews.uz/20210307/oraalpoistonda-besh-kishi-is-gazidan-zaarlanib-ldi-16145590.html
Qoraqalpog‘istonda besh kishi is gazidan zaharlanib o‘ldi
Qoraqalpog‘istonda besh kishi is gazidan zaharlanib o‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumnida bir oilaning 4 a’zosi va mehmon is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ular orasida voyaga yetmaganlar ham bor. 07.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-07T11:18+0500
2021-03-07T11:18+0500
2021-03-07T11:18+0500
hodisalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1121/80/11218058_1:0:1548:870_1920x0_80_0_0_47c8ed94c247332095f6492d3e5035f8.jpg
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumnida bir oilaning 4 a’zosi va mehmon is gazidan zaharlanib, hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda respublika prokuraturasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.Hodisa haqidagi xabar 2021-yil 6-mart kuni soat 11:30 larda tuman IIBga kelib tushgan. “Yangiobod” MFYda yashovchi fuqaro I.U.(erkak) va uning qizlari R.S. (2003 yilda tug‘ilgan), R.A. (2010 yilda tug‘ilgan) va o‘g‘li R.M. (2005 yilda tug‘ilgan) hamda ushbu xonadonga mehmonga kelgan A.Sh. xonadonda o‘rnatilgan isitish pechidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etgan.Ushbu holat yuzasidan To‘rtko‘l tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari (Odam o‘lishiga, boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Tuman IIB dastlabki tergov harakatlarini olib bormoqda.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Shovot tumanidagi choyxonada uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etgani xabar qilingan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20201210/oraalpoistonda-bir-kechada-olti-kishi-zhumladan-ikki-bola-iz-gazidan-zaarlanib-ldi-15574479.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1121/80/11218058_194:0:1354:870_1920x0_80_0_0_668c33b125d5f0b4dead76c1c54edda2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar
Qoraqalpog‘istonda besh kishi is gazidan zaharlanib o‘ldi
Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumnida bir oilaning 4 a’zosi va mehmon is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ular orasida voyaga yetmaganlar ham bor.
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumnida bir oilaning 4 a’zosi va mehmon is gazidan zaharlanib, hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda respublika prokuraturasi matbuot xizmati
xabar qilmoqda.
Hodisa haqidagi xabar 2021-yil 6-mart kuni soat 11:30 larda tuman IIBga kelib tushgan. “Yangiobod” MFYda yashovchi fuqaro I.U.(erkak) va uning qizlari R.S. (2003 yilda tug‘ilgan), R.A. (2010 yilda tug‘ilgan) va o‘g‘li R.M. (2005 yilda tug‘ilgan) hamda ushbu xonadonga mehmonga kelgan A.Sh. xonadonda o‘rnatilgan isitish pechidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etgan.
Ushbu holat yuzasidan To‘rtko‘l tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari (Odam o‘lishiga, boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tuman IIB dastlabki tergov harakatlarini olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Shovot tumanidagi choyxonada uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etgani
xabar qilingan edi.