O‘zbekistonda qora olxo‘ri plantatsiyasi tashkil etiladi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishProdaja ovoshey i fruktov v Moskve
Prodaja ovoshey i fruktov v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2021
Obuna bo‘lish
Dunyoda qora olxo‘ri mevalarini yetishtirish bo‘yicha ilg‘or sanalgan AQSh, Kanada va Chili davlatlari tajribalari o‘rganiladi.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. “Respublikada qora olxo‘ri yetishtirish va eksport hajmlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yilgan.
“Respublikada bugungi kunda fermer, dehqon va qishloq xo‘jaligi korxonalarida hamda aholi tomorqa maydonlarida jami 21,2 ming gektar olxo‘ri bog‘lar mavjud bo‘lib, ushbu bog‘larning asosiy qismini an’anaviy bog‘lar tashkil etadi hamda qora olxo‘ri daraxtining pakana va yarim pakana (intensiv) ko‘chatlarini tayyorlash yetarlicha yo‘lga qo‘yilmagan”, - deyilgan hujjatda.
Frukti na rinke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2021
O‘zbekiston 1 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qildi: asosiy xaridor Rossiya
Respublikadagi barcha toifa xo‘jaliklari 2020-yilda 241 ming tonna olxo‘ri mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, ushbu mahsulotlarning atiga 23,4 ming tonnasi (9%) eksport qilingan.
Hujjatda ta’kidlanishicha, dunyoda qora olxo‘ri mevalarini yetishtirish bo‘yicha ilg‘or sanalgan AQSh, Kanada va Chili davlatlari tajribalari o‘rganilib, respublika hududlarida qora olxo‘ri yetishtirishni ko‘paytirish va eksportga yo‘naltirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Xorijiy mamlakatlardan qora olxo‘rining eksportbop navlardan iborat payvandtag va ko‘chatlari olib kelinib, “in vitro” laboratoriyasi sharoitida ko‘paytirilib, qora olxo‘ri plantatsiyasini tashkil etiladi.
Yetishtirilgan mahsulotlar tayyor va qayta ishlangan holda eksportga yuboriladi.
Yangiliklar lentasi
0