https://oz.sputniknews.uz/20210328/galabani-ogirlashdi-portugaliya-va-serbiya-oyini-katta-janjal-bilan-yakunlandi-17995446.html
G‘alabani “o‘g‘irlashdi”: Portugaliya va Serbiya o‘yini katta janjal bilan yakunlandi
G‘alabani “o‘g‘irlashdi”: Portugaliya va Serbiya o‘yini katta janjal bilan yakunlandi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Futbol bo‘yicha 2022-yilgi Jahon Chempionati saralash bahslari doirasida Portugaliya va Serbiya terma jamoalari o‘rtasida kechgan o‘yin
2021-03-28T11:22+0500
2021-03-28T11:22+0500
2021-03-28T11:22+0500
sport
futbol
krishtianu ronaldu
serbiya
portugaliya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/1c/17991892_0:0:3073:1728_1920x0_80_0_0_0b33109f5d18976eedca77c34d636dbd.jpg
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Futbol bo‘yicha 2022-yilgi Jahon Chempionati saralash bahslari doirasida Portugaliya va Serbiya terma jamoalari o‘rtasida kechgan o‘yin mojaro bilan yakun topdi.Portugaliya Serbiya poytaxti Belgraddagi maydonda mehmon bo‘ldi. Birinchi bo‘limda Diogu Jota o‘zining dubli bilan Portugaliyani oldinga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq serblar ikkinchi bo‘limda Aleksandar Mitrovich va Filip Kostichning gollari evaziga hisobni tenglashtirishdi.Uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtda Krishtianu Ronaldu jarima maydonchasi tashqarisidan raqib darvozasiga zarba yo‘lladi. Uning zarbasidan keyin to‘p darvoza chizig‘ini kesib o‘tdi va shundan keyin himoyachi uni chiqarib yubordi. Hakamlar darvoza chizig‘idan o‘tgan to‘pni hisoblashmadi. Yon hakam bilan janjallashgan portugallar sardori Ronalduga sariq kartochka ko‘rsatildi. O‘yindan so‘ng Ronaldu sardorlik bog‘ichini namoyishkorona uloqtirgan holda maydonni tark etdi.Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush bosh hakam bu holatni qayta ko‘rib chiqqani va yo‘l qo‘ygan xatosi uchun uzr so‘raganini ma’lum qildi. Jahon chempionatining saralash bahslarida VAR qo‘llanilmayotgani unga pand bergan.“Portugaliya milliy terma jamoasining sardori bo‘lish men uchun hayotimdagi eng katta iftixor va imtiyozdir. Men o‘z mamlakatim uchun borimni beraman va bu munosabatim hech qachon o‘zgarmaydi. Lekin murakkab vaziyatlar ham bo‘ladi. Ayniqsa, butun bir millat zarar ko‘rganida chidab bo‘lmaydi. Endi boshingizni ko‘taring va hozirdanoq yangi chaqiruvlarga tayyor turing. Olg‘a, Portugaliya!, - dedi yozgan o‘yindan so‘ng o‘z instagramida Krishtianu Ronaldu.
serbiya
portugaliya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/1c/17991892_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_7f6a1ed7021fa9c0f8b21b6b096f9811.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, futbol, krishtianu ronaldu, serbiya, portugaliya
sport, futbol, krishtianu ronaldu, serbiya, portugaliya
G‘alabani “o‘g‘irlashdi”: Portugaliya va Serbiya o‘yini katta janjal bilan yakunlandi
JCh-2022 saralash bahslari doirasida Portugaliya va Serbiya terma jamoalari o‘rtasida kechgan o‘yin mojaro bilan yakun topdi.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Futbol bo‘yicha 2022-yilgi Jahon Chempionati saralash bahslari doirasida Portugaliya va Serbiya terma jamoalari o‘rtasida kechgan o‘yin mojaro bilan yakun topdi.
Portugaliya Serbiya poytaxti Belgraddagi maydonda mehmon bo‘ldi. Birinchi bo‘limda Diogu Jota o‘zining dubli bilan Portugaliyani oldinga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq serblar ikkinchi bo‘limda Aleksandar Mitrovich va Filip Kostichning gollari evaziga hisobni tenglashtirishdi.
Uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtda Krishtianu Ronaldu jarima maydonchasi tashqarisidan raqib darvozasiga zarba yo‘lladi. Uning zarbasidan keyin to‘p darvoza chizig‘ini kesib o‘tdi va shundan keyin himoyachi uni chiqarib yubordi. Hakamlar darvoza chizig‘idan o‘tgan to‘pni hisoblashmadi. Yon hakam bilan janjallashgan portugallar sardori Ronalduga sariq kartochka ko‘rsatildi. O‘yindan so‘ng Ronaldu sardorlik bog‘ichini namoyishkorona uloqtirgan holda maydonni tark etdi.
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush bosh hakam bu holatni qayta ko‘rib chiqqani va yo‘l qo‘ygan xatosi uchun uzr so‘raganini ma’lum qildi. Jahon chempionatining saralash bahslarida VAR qo‘llanilmayotgani unga pand bergan.
“Portugaliya milliy terma jamoasining sardori bo‘lish men uchun hayotimdagi eng katta iftixor va imtiyozdir. Men o‘z mamlakatim uchun borimni beraman va bu munosabatim hech qachon o‘zgarmaydi. Lekin murakkab vaziyatlar ham bo‘ladi. Ayniqsa, butun bir millat zarar ko‘rganida chidab bo‘lmaydi. Endi boshingizni ko‘taring va hozirdanoq yangi chaqiruvlarga tayyor turing. Olg‘a, Portugaliya!, - dedi
yozgan o‘yindan so‘ng o‘z instagramida Krishtianu Ronaldu.