https://oz.sputniknews.uz/20210327/ozbekistonda-maktablar-zamonaviy-maktab-reytingi-asosida-baholanadi---tafsilotlar-17989167.html
O‘zbekistonda maktablar "Zamonaviy maktab" reytingi asosida baholanadi - tafsilotlar
O‘zbekistonda maktablar "Zamonaviy maktab" reytingi asosida baholanadi - tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 27 mar - Sputnik. Ofsted va Jahon banki ekspertlarini jalb qilgan holda, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan hamkorlikda “Zamonaviy
2021-03-27T16:13+0500
2021-03-27T16:13+0500
2021-04-01T16:40+0500
jamiyat
maktab
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/01/15910185_0:0:3077:1731_1920x0_80_0_0_bfa2e9fd374387897f63f7275c831de1.jpg
TOShKENT, 27 mar - Sputnik. Ofsted va Jahon banki ekspertlarini jalb qilgan holda, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan hamkorlikda “Zamonaviy maktab”larga qo‘yiladigan talablar asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini baholash mezonlari va metodikasi asosida baholash tartibini ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot-xizmati xabar berdi.""Zamonaviy maktab"larga qo‘yiladigan talablar umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatining barcha yo‘nalishlarini to‘liq qamrab oladigan asosiy 4 ta soha, 11 ta bo‘lim va 35 ta mezonga bo‘lingan bo‘lib, har bir mezon alohida indeks sifatida hisoblanib, yakunda to‘plagan ballga qarab umumiy o‘rta ta’lim muassasalari reytingi tuzilishi qayd etilgan", - deyiladi xabarda.Endilikda aniq mezonlarga ega talablar asosida yaratilgan maktablar reytingi bir tomondan mas’ullardan barcha yo‘nalishda o‘z ishiga sidqidildan yondashib ishlashni talab qilsa, ikkinchi tomondan ota-onalar uchun farzandlarini maktabga berishda o‘zlariga mos maktabni tanlashda imkoniyat yaratadi. Bugungi kunda tajriba sifatida Shayxontohur tumanida joylashgan 59, 20, 180 va 82 umumta’lim maktablar Xalq ta’limi xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilib, “Zamonaviy maktab”larga qo‘yiladigan talablar asosida baholandi. Baholash yakuniga ko‘ra umumta’lim maktablari 1, 2, 3, 4 darajali sertifikatlar bilan “Zamonaviy maktab” maqomiga ega bo‘ladi.Umuman olganda, belgilangan mezonlar umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini kompleks baholashga, ularni "Zamonaviy maktab"ga qo‘yilgan talablarga qanchalik mosligini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, baholash natijalari "Zamonaviy maktablar"ga qo‘yiladigan talablarga mos keladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga tegishli darajadagi muvofiqlik sertifikati berish, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini "Zamonaviy maktab" talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish uchun ham asos bo‘ladi.Yuqoridagilardan kelib chiqib, "Zamonaviy maktab"larga qo‘yiladigan talablar hamda ular asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini baholash metodikasi va tartibi”ni amaliyotga joriy etish orqali yurtimizdagi umumta’lim muassasalarini joriy holatini to‘liq o‘rganish, ularni "Zamonaviy maktab"larga qo‘yiladigan talablarga moslashtirish bo‘yicha amaliy ishlarni aniq belgilab olish imkoni tug‘iladi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi “Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarori bilan umumta’lim muassasalari reyting tizimini yaratish vazifasi qo‘yilgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210326/ozbekiston-maktablarida-iv-chorak-qachondan-boshlanadi---xtv-javobi-17982199.html
https://oz.sputniknews.uz/20210323/fizika-fani-chuqurlashtirib-oqitiladigan-sinflar-175-ta-maktabda-tashkil-etiladi-17900102.html
https://oz.sputniknews.uz/20210202/Kirish-imtionida-maktabda-tplagan-ballar-am-isoblanishi-mumkin---yangi-onun-15916739.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/01/15910185_77:0:2806:2047_1920x0_80_0_0_d2cc48b8d1e938bbff018729fc42d314.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, maktab
O‘zbekistonda maktablar "Zamonaviy maktab" reytingi asosida baholanadi - tafsilotlar
16:13 27.03.2021 (yangilandi: 16:40 01.04.2021) Baholash yakuniga ko‘ra umumta’lim maktablari 1, 2, 3, 4 darajali sertifikatlar bilan “Zamonaviy maktab” maqomiga ega bo‘ladi.
TOShKENT, 27 mar - Sputnik. Ofsted va Jahon banki ekspertlarini jalb qilgan holda, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan hamkorlikda “Zamonaviy maktab”larga qo‘yiladigan talablar asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini baholash mezonlari va metodikasi asosida baholash tartibini ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot-xizmati xabar berdi.
""Zamonaviy maktab"larga qo‘yiladigan talablar umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatining barcha yo‘nalishlarini to‘liq qamrab oladigan asosiy 4 ta soha, 11 ta bo‘lim va 35 ta mezonga bo‘lingan bo‘lib, har bir mezon alohida indeks sifatida hisoblanib, yakunda to‘plagan ballga qarab umumiy o‘rta ta’lim muassasalari reytingi tuzilishi qayd etilgan", - deyiladi xabarda.
Endilikda aniq mezonlarga ega talablar asosida yaratilgan maktablar reytingi bir tomondan mas’ullardan barcha yo‘nalishda o‘z ishiga sidqidildan yondashib ishlashni talab qilsa, ikkinchi tomondan ota-onalar uchun farzandlarini maktabga berishda o‘zlariga mos maktabni tanlashda imkoniyat yaratadi.
Bugungi kunda tajriba sifatida Shayxontohur tumanida joylashgan 59, 20, 180 va 82 umumta’lim maktablar Xalq ta’limi xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilib, “Zamonaviy maktab”larga qo‘yiladigan talablar asosida baholandi.
Baholash yakuniga ko‘ra umumta’lim maktablari 1, 2, 3, 4 darajali sertifikatlar bilan “Zamonaviy maktab” maqomiga ega bo‘ladi.
Umuman olganda, belgilangan mezonlar umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini kompleks baholashga, ularni "Zamonaviy maktab"ga qo‘yilgan talablarga qanchalik mosligini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, baholash natijalari "Zamonaviy maktablar"ga qo‘yiladigan talablarga mos keladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga tegishli darajadagi muvofiqlik sertifikati berish, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini "Zamonaviy maktab" talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish uchun ham asos bo‘ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, "Zamonaviy maktab"larga qo‘yiladigan talablar hamda ular asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini baholash metodikasi va tartibi”ni amaliyotga joriy etish orqali yurtimizdagi umumta’lim muassasalarini joriy holatini to‘liq o‘rganish, ularni "Zamonaviy maktab"larga qo‘yiladigan talablarga moslashtirish bo‘yicha amaliy ishlarni aniq belgilab olish imkoni tug‘iladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi “Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarori bilan umumta’lim muassasalari reyting tizimini yaratish vazifasi qo‘yilgan edi.