https://oz.sputniknews.uz/20210326/sputnik-v-mualliflari-makronning-vaktsinalar-tufayli-urush-haqidagi-gapiga-javob-qaytardi-17976643.html
"Sputnik V" mualliflari Makronning vaksinalar tufayli urush haqidagi gapiga javob qaytardi
"Sputnik V" mualliflari Makronning vaksinalar tufayli urush haqidagi gapiga javob qaytardi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 26 mar — Sputnik. "Sputnik V" Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning vaksinalar tufayli dunyoda olib borilayotgan yangi turdagi jahon urushi haqidagi
2021-03-26T14:34+0500
2021-03-26T14:34+0500
2021-04-02T20:37+0500
dunyoda
vaksina
covid-19 umumjahon pandemiyasi
sputnik v vaksinasi
karantin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1382/42/13824232_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_650cb523470f206361f24565b7f9a41c.jpg
TOShKENT, 26 mar — Sputnik. "Sputnik V" Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning vaksinalar tufayli dunyoda olib borilayotgan yangi turdagi jahon urushi haqidagi bayonotiga javob qaytardilar.Fransiya yetakchisi fikricha, Rossiya va Xitoy koronavirusga qarshi preparatlardan ta’sir instrumenti sifatida foydalanishga harakat qilishmoqda.U Yevropa mamlakatlarini vaksina ishlab chiqarish masalasida mustaqillikni namoyon etishga chaqirdi."Aziz Emmanuel Makron, biz vaksinalar siyosatdan tashqarida qolishiga harakat qilamiz – bu biz uchun butun dunyoda urush emas, balki tinchlik hukm surishi uchun eng yaxshi umiddir”, — deya izoh bergan "Sputnik V" ishlab chiqaruvchilari vaksinaning rasmiy Twitter-akkauntida.Post mualliflari shuningdek, Fransiyaga preparatni o‘zida ishlab chiqarishga ruxsat bergan mamlakatlar safiga qo‘shilishga chaqirishgan."Turli vaksinalarning ishlab-chiqarilishi — bu vaksinalar mustaqilligiga yo‘ldir. Biz birgalikda kuchliroqmiz!" — deya ta’kidlanadi materialda.Sal avval Rossiya vaksinasini o‘zida ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqish haqida Italiya rasmiylari bayonot bilan chiqqan edi.Rossiya prezidenti Vladimir Putin ilgariroq Moskva hech kimga o‘z vaksinasini tiqishtirmayotganini, ammo Yevropaga u kerak emas, degan ta’kidlar yangrayotganida, shu yerda ular kimning manfaatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda – fuqarolarningmi yoki farmkompaniyalarning, degan savol yuzaga kelishini aytgan edi.Rossiyada koronavirusga qarshi uchta vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ulardan birinchisi — "Sputnik V"ni yaxshi o‘rganilgan inson adenovirusi platformasida — Gamaleya nomidagi markaz Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi bilan hamkorlikda ishlab chiqqan."Sputnik V" 52ta davlatda ma’qullangan (umumiy aholi soni 1,4 milliard insondan ko‘p). Davlat regulyatorlari tomonidan ma’qullanishlar soni bo‘yicha vaksina dunyoda ikkinchi o‘rinni egallaydi.Shuningdek, Rossiyada COVID-19ga qarshi yana ikkita vaksina yaratilgan – bu Rospotrebnadzorga tegishli "Vektor" markazining "EpiVakKorona" vaksinasi hamda RFAning Chumakov nomidagi markazi tomonidan ishlab chiqilgan "KoviVak" vaksinasi.
https://oz.sputniknews.uz/20210326/emmanuel-makron-vaktsinalar-tufayli-yangi-jahon-urushi-avj-olganini-malum-qildi-17968459.html
https://oz.sputniknews.uz/20210323/putin-23-mart-kuni-vaktsina-oladi-17894844.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1382/42/13824232_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_f34da8e3085167b5d97c63e2c56279d1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, vaksina, covid-19 umumjahon pandemiyasi, sputnik v vaksinasi, karantin
dunyoda, vaksina, covid-19 umumjahon pandemiyasi, sputnik v vaksinasi, karantin
"Sputnik V" mualliflari Makronning vaksinalar tufayli urush haqidagi gapiga javob qaytardi
14:34 26.03.2021 (yangilandi: 20:37 02.04.2021) Fransiya yetakchisi Rossiya va Xitoy koronavirusga qarshi preparatlardan ta’sir instrumenti sifatida foydalanishga harakat qilishayotgani haqida bayonot qilgan edi.
TOShKENT, 26 mar — Sputnik. "Sputnik V" Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning vaksinalar tufayli dunyoda olib borilayotgan yangi turdagi jahon urushi haqidagi bayonotiga javob qaytardilar.
Fransiya yetakchisi fikricha, Rossiya va Xitoy koronavirusga qarshi preparatlardan ta’sir instrumenti sifatida foydalanishga harakat qilishmoqda.
U Yevropa mamlakatlarini vaksina ishlab chiqarish masalasida mustaqillikni namoyon etishga chaqirdi.
"Aziz Emmanuel Makron, biz vaksinalar siyosatdan tashqarida qolishiga harakat qilamiz – bu biz uchun butun dunyoda urush emas, balki tinchlik hukm surishi uchun eng yaxshi umiddir”, — deya izoh bergan "Sputnik V" ishlab chiqaruvchilari vaksinaning rasmiy Twitter-akkauntida.
Post mualliflari shuningdek, Fransiyaga preparatni o‘zida ishlab chiqarishga ruxsat bergan mamlakatlar safiga qo‘shilishga chaqirishgan.
"Turli vaksinalarning ishlab-chiqarilishi — bu vaksinalar mustaqilligiga yo‘ldir. Biz birgalikda kuchliroqmiz!" — deya ta’kidlanadi materialda.
Sal avval Rossiya vaksinasini o‘zida ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqish haqida Italiya rasmiylari bayonot bilan chiqqan edi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ilgariroq Moskva hech kimga o‘z vaksinasini tiqishtirmayotganini, ammo Yevropaga u kerak emas, degan ta’kidlar yangrayotganida, shu yerda ular kimning manfaatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda – fuqarolarningmi yoki farmkompaniyalarning, degan savol yuzaga kelishini aytgan edi.
Rossiyada koronavirusga qarshi uchta vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ulardan birinchisi — "Sputnik V"ni yaxshi o‘rganilgan inson adenovirusi platformasida — Gamaleya nomidagi markaz Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi bilan hamkorlikda ishlab chiqqan.
"Sputnik V" 52ta davlatda ma’qullangan (umumiy aholi soni 1,4 milliard insondan ko‘p). Davlat regulyatorlari tomonidan ma’qullanishlar soni bo‘yicha vaksina dunyoda ikkinchi o‘rinni egallaydi.
Shuningdek, Rossiyada COVID-19ga qarshi yana ikkita vaksina yaratilgan – bu Rospotrebnadzorga tegishli "Vektor" markazining "EpiVakKorona" vaksinasi hamda RFAning Chumakov nomidagi markazi tomonidan ishlab chiqilgan "KoviVak" vaksinasi.