Hech qanday xorijiy vaksina bu darajada himoya qilish qobiliyatiga ega emas - Putin

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vistupil na sessii onlayn-foruma "Davosskaya povestka dnya 2021"
Prezident RF V. Putin vistupil na sessii onlayn-foruma Davosskaya povestka dnya 2021 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2021
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin Rossiyada ishlab chiqarilgan uch vaksinadan birini oladi. Vaksinalash jarayoni kameralar oldida bo‘lmaydi.
TOShKENT, 23 mar - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin seshanba, 23-mart kuni vaksina oladi. Bu haqida prezidentning o‘zi 22-mart kuni Novo-Ogarovo rezidensiyasida bo‘lib o‘tgan majlis vaqtida ma’lum qildi.

"Bugungi kunda Rossiyada 6,3 mln kishi vaksinaning birinchi komponentini olgan va 4,3 mln kishi to‘liq vaksinalangan. Bu Rossiya vaksinasining mutlaq ishonchli ekanini tasdiqlaydi. Undan tashqari hech qanday xorijiy vaksina bu darajada himoya qilish qobiliyatiga ega emas. Bu bizning mutaxassislarimizning so‘zsiz muvaffaqiyatidir", - dedi Putin.

Rossiya prezidenti aynan qaysi vaksina bilan emlanishi ham aniq aytilmagan. Prezident Rossiyada ishlab chiqarilgan uch preparatdan birini oladi, deyilgan xabarda.
Putinning vaksina olish jarayoni kameralar oldida bo‘lmaydi. Bu Rossiya prezidenti vaksina olish jarayoni bilan boshqalarni undashga harakat qilmayotganidan darak beradi. Umuman, Rossiyada vaksinalashga talab shundoq ham juda yuqori, dedi Dmitriy Peskov.
Yangiliklar lentasi
0