Toshkentda qabulga kelgan mast bemor shifokor ayolni do‘pposladi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishRabota skoroy pomoshi v Moskve
Rabota skoroy pomoshi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2021
Obuna bo‘lish
37 yoshli fuqaro U.N. onasi hamrohligida toksikologiya qabul bo‘limiga kelgan. U yerda shifokor ayolni do‘pposlagan.
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Toshkent shahrida qabulga olib kelingan mast bemor shifokor ayolni do‘pposladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 24-mart kuni kechki payt soat 23:15 larda Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi 37 yoshli fuqaro U.N. onasi hamrohligida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining toksikologiya qabul bo‘limiga kelgan.
Bemorning onasi toksikolog xonasida o‘z xizmat faoliyatini o‘tayotgan navbatchi shifokor N.Tashpo‘latovaga o‘g‘li bir necha kundan beri spirtli ichimlik ichayotganligini bildirgan.
Navbatchi shifokor o‘sha vaqtda boshqa bemorni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazayotganligini va bundan so‘ng ularni ham qabul qilib, kerakli yordam ko‘rsatishga tayyorligini aytgan.
“Shunga qaramay, bemorning onasi tibbiyot xodimlariga nisbatan turli haqoratli va tuhmat so‘zlar bilan e’tiroz bildirishni boshlagan. Bu ham yetmagandek bemor U.N. to‘satdan shifokor N.Tashpo‘latovaga og‘ir tan jarohati yetkazgan”, - deyilgan xabarda.
Ushbu markaz direktori Doniyor Alimovning so‘zlariga ko‘ra, shifokor N.Toshpulatovada bosh miya shishi asorati kuzatilgan. Qo‘shma kraniofatsial jarohat, og‘ir darajadagi bosh miya yopiq jarohati,bBosh miya og‘ir darajada lat yeyishi, burun suyaklari va burun to‘sig‘i sinib siljishi kabi tashxislar bilan neyroreanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
Draka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2020
Andijonda IIB xodimi shifokorni kaltaklagani aytilmoqda: vazirlik munosabat bildirdi
“Ayni paytda u kuchli karaxtlik darajasida bo‘lib, og‘ir ahvolda davolanmoqda. Bemor atrofdagilarga sekin reaksiya berib, muloqotga kirishishga qiynalmoqda”, - deya qo‘shimcha qildi Alimov.
Xizmat vazifasi vaqtida bemor tomonidan nohaq kaltaklangan shifokor N.Tashpulatova 2017-yildan buyon shifokor-toksikolog lavozimida ishlab kelmoqda. o‘z xizmat vazifasini klinik protokollarga rioya qilib, talab darajasida bajarib kelgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huquq-tartibot organlaridan shifokorlarning haq-huquqlarini qat’iy himoya qilishlarini talab qilgan.
Yangiliklar lentasi
0