Andijonda IIB xodimi shifokorni kaltaklagani aytilmoqda: vazirlik munosabat bildirdi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovDraka
Draka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda ichki ishlar organlari xodimi tomonidan shifokor kaltaklanganligi haqida xabar tarqaldi.

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. IIV axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda 2020-yil 11-sentabr kuni “Andijonda shifokor IIB xodimi tomonidan kaltaklandi” sarlavhasi ostida videolavha bo‘yicha ma’lumot berdi.

Ushbu videolavhada IIB xodimi navbatsiz tekshiruvdan o‘tishni hoxlagani, natijada janjal yuzaga kelib, u tomonidan shifokor kaltaklangani aytilgan. 

Andijon viloyati IIB axborot xizmatining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2020-yil 29-avgust kuni soat 13:30larda tuman IIB profilaktika inspektoriga Andijon tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 3-sonli qishloq oilaviy poliklinikada janjal bo‘lganligi haqida xabar kelib tushgan.

Aniqlanishicha, mazkur poliklinika umumiy amaliyot shifokori fuqaro O.Yu. shu kuni ish faoliyatini olib borayotgan vaqtida Andijon tumani Kengash MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro M.G‘. jiyani M.A.ning sog‘lig‘i yomonlashganligi uchun uni tibbiy ko‘rikka olib kelgan. So‘ngra haqiqatdan navbat talashib, fuqaro va shifokor o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik va janjal kelib chiqqan. Shifokorning tushuntirishiga ko‘ra mazkur holat yuzasidan unda hech kimga nisbatan da’vosi yo‘q, kelishmovchilik oqibatida tan jaroxati olmagan.

O‘z navbatida, ikkinchi tomon M.G‘. ham ikki tomonlama janjal o‘zaro tushunmovchilik natijasida kelib chiqqanligini, shifokordan kechirim so‘rab, tartibsizlik qilganidan pushaymon ekanligini, xozirda shifokorga nisbatan e’tirozi yo‘qligini, tan jarohati olmaganligini bayon qilgan.

Tomonlar va guvohlarning ko‘rsatmalari hamda ish bo‘yicha to‘plangan materiallar huquqiy baholanib, ichki ishlar organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan. 

Vazirlik xabarida yozilishicha, ichki ishlar organlari xodimlari mazkur kelishmovchilikda ishtirok etishmagan.

Shu bilan birga, viloyat IIB axborot tarqatuvchi televizion kanallar va ayrim ijtimoiy tarmoqlardan, jamoatchilikka e’lon qilinayotgan ma’lumotlarni tekshirib, xolisligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng aholiga yetkazishlarini so‘ragan.

“Tekshirilmagan va yolg‘on axborotni, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlarini obro‘sizlantirishga qaratilgan ma’lumotlarni tarqatish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikni keltirib chiqarishini unutmasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyilgan xabar so‘nggida.

Bosh prokuratura hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0