Pandemiya Yevropa uchun ideal shtormga aylanmoqda

© AFP 2023 / ANDREJ IVANOVAksiya protesta protiv kovidnix ogranicheniy
Aksiya protesta protiv kovidnix ogranicheniy  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2021
Obuna bo‘lish
Kecha Vladimir Putin COVID-19ga qarshi Rossiya vaksinalaridan biri bilan emlandi. Kreml prezident aynan qaysi vaksinani tanlaganiga oydinlik kiritmayapti.
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova esa “Vektor” markazi tomonidan ishlab chiqilgan “EpiVakKorona” bilan emlanganini bildirdi. U yana bir necha kundan keyin Chumakov nomidagi markaz vaksinasi “KoviVak” keng muomilaga chiqarilishini xabar qildi.
Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi har kuni dunyo bozoridagi “Sputnik V” vaksinasining yutuqlariga oid yangi muvaffaqiyatlar xususida hisobot berib turadi.
XXR davlat kengashi dunyoda 100 milliondan ziyod kishi Xitoy vaksinalari bilan emlangani haqida axborot berdi.
Prezident RF V. Putin provel soveshanie po voprosam narashivaniya proizvodstva vaksin i vaksinatsii naseleniya RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2021
Putin COVID-19ga qarshi emlandi
Moskva va Pekinning xotirjam tizimli ishi fonida hodisalar G‘arbda, ayniqsa Yevropada, shunchalik yoqimsiz tus olyaptiki, ularning xususiyatini ta’riflash uchun ko‘pincha aqlga “ideal shtorm” ifodasi keladi.
Yevropaga koronavirusning uchunchi to‘lqini yopirilmoqda. Kasallikning navbatdagi avj olishi doirasida hukumatlar ular uchun odatdagi bo‘lgan tartib bo‘yicha harakat qilmoqda va lokdaunlar joriy etmoqda. Bu o‘zi o‘zidan ayon ikkita oqibatlarni keltirib chiqaradi: milliy iqtisodiyotning tiklashini uchun yangi to‘siq va jamoatchilikning noroziligi. Norozilik o‘zining eng avj pallasiga chiqqan, bundan hafta sayin kuchayib borayotgan norozilik namoyishlari dalolat beradi. Bu emlash inqiroziga borib taqaladi.
O‘sib borayotgan inqirozning eng yorqin namunasi bo‘lib, Germaniyadagi voqealar xizmat qilishi mumkin. Autsayderlarning hamisha muammolari yetarlicha bo‘lgan, lekin agar bu maromga yetakchi va YeSning eng yaxshi mamlakati tushib qolsa, o‘ylab ko‘rish uchun sabab bor.
Angela Merkel mamlakatdagi lokdaunni 18-aprelga qadar uzaytirdi va uni Pasxa ta’tillari kuniga qat’iylashtirdi. Parallel ravishda GFR Moliya vazirligi Vazirlar mahkamasiga qo‘shimcha budjet loyihasini taqdim etishi lozim, unga ko‘ra 2021-2013 yillarda davlatning qo‘shicha qarzlari miqdori taqriban 142 milliard yevroni tashkil etadi. Mablag‘larning katta qismi pandemiyadan zarur bo‘lgan biznes va koronavirusga qarshi kurashish uchun sog‘liqni saqlash tizimiga yo‘naltiriladi.
Germaniya jamiyati rahbariyatning sa’y-harakatlarini unchalik yuqori baholamasligi rost. YouGo ijtimoiy xizmat so‘rovi uchdan ikki nemislar fedaral hukumatning xatti-harakatlarini salbiy baholashini aniqladi, boz ustiga so‘rovda ishtirok etgan 31 foiz kishi undan “hoynahoy rozi emas”, 34 foizi esa “juda norozi”.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2021
Germaniya, Italiya va Fransiya AstraZeneca bilan emlashni to‘xtatdi
Aytgancha, sog‘liq saqlash vaziri Yens Shpanning ishi juda yomon baholanmoqda: uning antireytingi deyarli 70 foizga yetgan.
Oxirgisi g‘alati ko‘rinishi mumkin. Germaniya tibbiyoti hatto pandemiya inqirozining eng og‘ir davrlarida o‘zining munosib tomoni bilan ko‘rsatdi. Ammo nemislarning noroziligi nafaqat sog‘liqni saqlash tizimi ishi, balki poraxo‘rlik bilan ham bog‘liq. Shpan hukmron partiya atrofida avj olayotgan janjallardan birining markazida. Ma’lum bo‘lishicha, uning vazirligi o‘tgan yili yarim milliondan ziyod himoya niqoblarini amaldorning eri yuqori lavozimni egallagan firmadan xarid qilgan.
Va bu yuqori lavozimli bir jinsli juftlik atrofidagi yagona shubhali voqea emas.
2020 yil yozida er-erlar arxitektura yodgorligi bo‘lgan hashamatli villa sotib olishdi. Jurnalistlar xarid qilish uchun kreditning asosiy qismi ularga Shpan bir necha yil ilgari rahbariyat tarkibiga kirgan bank tomonidan taqdim etilganining tagiga yetishdi. O‘shanda OAVda shov-shuv ko‘tarildi, vazir ularning og‘zini yopishga urindi, sud orqali ular ko‘chmas mulk uchun to‘lagan aniq summani chop etishini taqiqladi va bu shaxsiy ish deb turib oldi. Ammo kuni kecha u bu masalada yengildi – “Spiegel” jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, xarid qilingan villaning narxi 4,125 million yevro.
Germaniya federal saylovlariga qadar yarim yil qolgan. Shunday ekan nega bunday muhitda tahlilchilar Angela Merkel partiyadoshining istiqbollarini unchalik yaxshi baholashmayotgani tushunarli.
Biroq sanab o‘tilganlar kamlik qilgandek, mana endi GFR – umuman YeI singari – kutilgan bo‘lishiga qaramay, yangi hamlaga duch keldi. Yevropacha emlash siyosati o‘zining jamoatchilikning keskin ishonchsizligi tariqasidagi mevalarini berdi. Birinchi navbatda bu, albatta, “AstraZeneca”. O‘sha YouGo ijtimoiy xizmat so‘rovi natijalariga ko‘ra, ingliz-shved vaksinasini faqat 32 foiz nemislar xavfsiz deb hisoblasharkan. Fransiya, Ispaniya va Italiyada ham shunga o‘xshash natijalar. Polsha hukumati esa rasman mamlakatning 70 foiz aholisi bu vaksina bilan emlanishdan bosh tortayotganini ma’lum qildi.
Vaksina AstraZeneca - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2021
Fransiyada AstraZeneca bilan emlangan talaba vafot etdi
Emlangandan so‘ng ko‘plab o‘lim holatlari va so‘nggi voqealar ortidan boshqa bir narsani kutish qiyin edi, hukumatlarining hovliqmaliklari vaziyatni yomonlashtiradi, xolos. Ayrim mamlakatlar xarid qilingan dozalardan xalos bo‘lmoqda, lekin Brussel YeIdan tibbiyot vositalari eksportiga taqiq qo‘yish bilan tahdid qilmoqda.
Yevropa dori vositalari agentligi vaksinadan foydalanish va tromboz holatlari o‘rtasidagi bog‘liqni topmadi. Biroq buni birdaniga ikkita bir biridan mustaqil bo‘lgan tadqiqot guruhi – Norvegiya va Germaniyada aniqladi. Endi esa AQSh allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti unda “AstraZeneca” qovurilayotgan gulxanga moy septi. Institut farmkompaniya o‘z ishlanmalari natijalari haqida to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarni taqdim etgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Ko‘rinib turibdiki, shunga o‘xshash ixtiloflarning asosiy yakuni nafaqat aniq bir preparatga, balki o‘zini o‘tga cho‘qqa urayotgan rasmiy tuzilmalarga bo‘lgan ishonch tushib ketishi bo‘ladi.
Eskidan naql bor: tinch davrda yugurayotgan general kulguga, harbiylar esa vahimaga sabab bo‘ladi. Davlat boshqarmasiga nisbatan bu kuzatuv unchalik to‘g‘ri emas. Inqiroz vaziyatida izchil va sirtdan tinch o‘tkazilayotgan noto‘g‘ri qarorlar hatto ma’sul shaxslarning sarosimaligi va o‘z ishining ustasi emasligini ko‘rsatishga qaraganda kamroq zarar yetkazisha qodir.
Vaksina bilan bog‘liq muammolar: Yevropada emlash jarayoni qanday ketmoqda
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2021
AstraZeneca bilan bog‘liq muammolar: Yevropadagi vaksinatsiya jarayoni haqida
Ustiga ustak bu qoidaning istisnosi bor. Xatolik ayon bo‘lib turganda uni yo‘qligini zo‘r berib aytib, aldash unchalik donolik emas. Ammo Yevropa Ittifoqi Angela Merkel, Italiya bosh vaziri va boshqa Yevropa davlatlari yetakchilarining ularning mamlakatlari “Sputnik V” vaksinasini xarid qilishlari mumkinliklari haqidagi bayonotidan so‘ng ichki bozor masalalari bo‘yicha yevrokomissar Terri Breton YeIga Rossiya vaksinasi kerak bo‘lmasligini aytganda bu ko‘lmakka o‘tirib olish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmadi.
Yangiliklar lentasi
0