https://oz.sputniknews.uz/20210323/prezident-yozuvchi-xudoyberdi-toxtaboev-vafoti-munosabati-bilan-hamdardlik-bildirdi-17916744.html
Prezident yozuvchi Xudoyberdi To‘xtaboyev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Prezident yozuvchi Xudoyberdi To‘xtaboyev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
2021-03-23T19:36+0500
2021-03-23T19:36+0500
2021-03-23T19:36+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
xudoyberdi to‘xtaboyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/17/17916511_0:0:1300:731_1920x0_80_0_0_2f89e4e9c2aec94f5c89a5658c997e5c.jpg
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.“Atoqli yozuvchi, mehribon ustoz, samimiy va kamtarin inson Xudoyberdi To‘xtaboyevning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, - deyilgan xabarda.O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev shu yil 22-mart kuni 88 yoshida vafot etdi.Xudoyberdi To‘xtaboyev 1932-yili 17-dekabrda Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida tug‘ildi. 1955-yili Toshkent davlat universitetini tamomlagan.U o‘zining mehnat faoliyatini 1955-yilda o‘rta maktabda o‘qituvchi sifatida boshladi. Keyinchalik “Toshkent haqiqati”, “Sovet O‘zbekistoni” (hozirgi “O‘zbekiston ovozi”) gazetalarida adabiy xodim, “Sharq yulduzi” jurnalida bosh muharrir o‘rinbosari, respublika yoshlar nashriyoti, “Gulxan” va “Yosh kuch” jurnallarida bosh muharrir lavozimlarida samarali mehnat qilib, milliy adabiyotimiz va matbuotimiz ravnaqiga salmoqli hissa qo‘shdi. Keyinchalik respublika “Iste’dod” jamg‘armasi hamda “Oltin meros” xalqaro xayriya fondining rahbari vazifalarida faoliyat olib bordi.Katta bilim va tajribaga ega murabbiy adib sifatida uzoq yillar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining bolalarga mo‘ljallangan “O‘yla, izla, top!” dasturiga boshchilik qildi.Xudoyberdi To‘xtaboyev o‘zining chuqur tarbiyaviy ahamiyatga ega badiiy yuksak ijodi bilan o‘zbek bolalar adabiyotining zabardast namoyandasiga aylandi. Iste’dodli adib oltmish yildan ziyod davom etgan ijodiy faoliyati mobaynida “Shoshqaloq”, “So‘qmoqlar”, “Muhabbat qo‘shig‘i”, “Jonginam, shartingni ayt” singari hikoyalar to‘plamlari, “Sir ochildi”, “Omonboy bilan Davronboy sarguzashti” qissalari hamda “Sariq devni minib”, “Sariq devning o‘limi”, “Besh bolali yigitcha”, “Qasoskorning oltin boshi”, “Yillar va yo‘llar”, “Shirin qovunlar mamlakati”, “Mungli ko‘zlar”, “Jannati odamlar”, “Qiz talashgan o‘smirlar”, “Quyonlar saltanati”, “Qiz bolaga tosh otmang” romanlarini yaratdi.Ayniqsa, yozuvchining “Sariq devni minib” romani mamlakat va dunyo miqyosida juda katta shuhrat qozondi. Mazkur asar qirqdan ziyod xorijiy tillarga tarjima qilinib, millionlab nusxalarda chop etilgan.Xudoyberdi To‘xtaboyevning o‘zbek adabiyoti va san’atini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlat tomonidan munosib taqdirlandi. U “O‘zbekiston xalq yozuvchisi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvonlari, O‘zbekiston Davlat mukofoti hamda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210322/oshimzhonning-rnini-spaydermen-egallab-olsada-tkhtaboev-z-mavzusiga-sodi-oldi-17887083.html
https://oz.sputniknews.uz/20210322/madaniyat-vaziri-yozuvchi-xudoyberdi-toxtaboev-vafoti-munosabati-bilan-taziya-bildirdi-17878677.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/17/17916511_119:0:1300:886_1920x0_80_0_0_b01983192dd6b49a12ff9ab6905ce15c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, shavkat mirziyoyev, xudoyberdi to‘xtaboyev
jamiyat, shavkat mirziyoyev, xudoyberdi to‘xtaboyev
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
“Atoqli yozuvchi, mehribon ustoz, samimiy va kamtarin inson Xudoyberdi To‘xtaboyevning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, - deyilgan
xabarda.O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev shu yil 22-mart kuni 88 yoshida
vafot etdi.Xudoyberdi To‘xtaboyev 1932-yili 17-dekabrda Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida tug‘ildi. 1955-yili Toshkent davlat universitetini tamomlagan.
U o‘zining mehnat faoliyatini 1955-yilda o‘rta maktabda o‘qituvchi sifatida boshladi. Keyinchalik “Toshkent haqiqati”, “Sovet O‘zbekistoni” (hozirgi “O‘zbekiston ovozi”) gazetalarida adabiy xodim, “Sharq yulduzi” jurnalida bosh muharrir o‘rinbosari, respublika yoshlar nashriyoti, “Gulxan” va “Yosh kuch” jurnallarida bosh muharrir lavozimlarida samarali mehnat qilib, milliy adabiyotimiz va matbuotimiz ravnaqiga salmoqli hissa qo‘shdi. Keyinchalik respublika “Iste’dod” jamg‘armasi hamda “Oltin meros” xalqaro xayriya fondining rahbari vazifalarida faoliyat olib bordi.
Katta bilim va tajribaga ega murabbiy adib sifatida uzoq yillar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining bolalarga mo‘ljallangan “O‘yla, izla, top!” dasturiga boshchilik qildi.
Xudoyberdi To‘xtaboyev o‘zining chuqur tarbiyaviy ahamiyatga ega badiiy yuksak ijodi bilan o‘zbek bolalar adabiyotining zabardast namoyandasiga aylandi.
Iste’dodli adib oltmish yildan ziyod davom etgan ijodiy faoliyati mobaynida “Shoshqaloq”, “So‘qmoqlar”, “Muhabbat qo‘shig‘i”, “Jonginam, shartingni ayt” singari hikoyalar to‘plamlari, “Sir ochildi”, “Omonboy bilan Davronboy sarguzashti” qissalari hamda “Sariq devni minib”, “Sariq devning o‘limi”, “Besh bolali yigitcha”, “Qasoskorning oltin boshi”, “Yillar va yo‘llar”, “Shirin qovunlar mamlakati”, “Mungli ko‘zlar”, “Jannati odamlar”, “Qiz talashgan o‘smirlar”, “Quyonlar saltanati”, “Qiz bolaga tosh otmang” romanlarini yaratdi.
Ayniqsa, yozuvchining “Sariq devni minib” romani mamlakat va dunyo miqyosida juda katta shuhrat qozondi. Mazkur asar qirqdan ziyod xorijiy tillarga tarjima qilinib, millionlab nusxalarda chop etilgan.
Xudoyberdi To‘xtaboyevning o‘zbek adabiyoti va san’atini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlat tomonidan munosib taqdirlandi. U “O‘zbekiston xalq yozuvchisi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvonlari, O‘zbekiston Davlat mukofoti hamda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan edi.