Hoshimjonning o‘rnini Spaydermen egallab olsa-da, To‘xtaboyev o‘z mavzusiga sodiq qoldi...

© KitobxonXudoyberdi To‘xtaboyev
Xudoyberdi To‘xtaboyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2021
Obuna bo‘lish
Yozuvchi Ismoil Shomurodov bolalar adibi Xudoyberdi To‘xtaboyevning uslubi va hayot yo‘li haqida o‘z fikrlari bilan baham ko‘rishdi.
Xudoyberdi To‘xtaboyevning asarlari o‘zbeklarning kamida to‘rtta avlodini tarbiyaladi.
Xo‘sh, uning mashhurligi siri nimada edi?
Avvalambor, Xudoyberdi To‘xtaboyev sodda, tushunarli va samimiy yozardi. Bejizga bolalar yozuvchisi emasdi-da. Va bir umr shundayligicha qoldi.
Ikkinchidan, uning tili yumorga boy edi. Ha, aynan tili. “Sariq devni minib”da kulgili voqealarga alohida urg‘u berilganiga qaramay, uning boshqa asarlarida ham uslubda yumor ustuvorlik qiladi. Hatto anchayin ayanchli voqealar bayon etilgan, uslub jihatidan g‘amgin bitilishi lozim bo‘lgan (yetimlik, nochorlik, ochlik, sarson-sargardonlik) “Besh bolali yigitcha” da ham shuni ko‘rish mumkin.
Xudayberdi Tuxtabayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2021
Madaniyat vaziri yozuvchi Xudoyberdi To‘xtaboyev vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi
Uchinchidan, sobiq felyetonchi sifatida o‘z davrida jamiyatning dolzarb masalalarini tilga olgan. Albatta, bugungi kunga kelib, bu masalalar allaqachon kun tartibidan tushib qolgan, lekin o‘z vaqtida namoyon etilgan dolzarblik va hozirjavoblik, yozuvchining tanilishiga xizmat qilgan bo‘lishi tabiiy.
To‘rtinchidan, subyektiv sabablardan biri, yozuvchi adabiyot maydoniga kirib kelgan davrda millat o‘z ertaklaridan voz kechmagan, u hali ertaklar romantikasida yashayotgan edi. Qolaversa, ertaklar nashr etilib, ularga ikkinchi hayot baxsh etilgan, ular o‘ta ommalashgan edi. Shunday bir holatda, yozuvchining ertak orqali o‘rtaga chiqishi ayni muddao bo‘lgan.
Albatta, “qayta qurish” davriga kelib yozgan bir-ikki asarlari olqishlar bilan kutib olinmadi. Bir o‘rtada tanqidlar bo‘ldi. O‘z davrida olqishlar bilan qarshi olingan “Qasoskorning oltin boshi” romani davr o‘zgardimi, g‘oya o‘zgardimi, ikkinchi o‘ringa tushib qolganday bo‘ldi.
Bora-bora jamiyatda kitobga, adabiyotga e’tibor susayishi tufayli adibning keyingi asarlari oldingi kitoblarining shuhratini takrorlay olmadi. Davr o‘zgarayotgan, odamlar o‘zgarayotgan, mavzu o‘zgarayotgan edi. Hoshimjonning o‘rnini Spaydermen va uning “oshna”lari egallab oldi...
Xudoyberdi To‘xtaboyev esa o‘z o‘quvchisi, mavzusiga sodiq edi...
Baribir “Sariq devni minib” o‘zbek bolalar nasrining eng yetuk va sara namunasiligicha qolaverdi.
Xudoyberdi To‘xtaboyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2021
Xudoyberdi To‘xtaboyev vafot etdi
Bu har bir bola o‘qishi kerak bo‘lgan asar. U insonga orzu va tafakkur qilishni o‘rgatadi, kitob o‘qish, kattalar zo‘r berib majburlayotganiga qaramay, maroqli mashg‘ulotligini isbotlab beradi.
Afsuski, bugun o‘zbek bolalar nasrida bu kabi asarlar bitilmayapti. Afsuski bu yo‘nalishdagi so‘nggi adib ham hayotni tark etdi... Hayotni tark etdi, lekin adabiyotni emas!
Yangiliklar lentasi
0