Elektr tarmoqlariga ulanishda bir martalik to‘lov joriy etilishi mumkin

Linii elektroperedach - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash tartibida o‘zgarish yuz berishi kutilmoqda.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. O‘zbekistonda elektr tarmoqqa ulanish uchun bir martalik to‘lov joriy qilinishi mumkin. Vazirlar Mahkamasining muhokamaga qo‘yilgan qaror loyihasida kelgusida maishiy iste’molchilardan tashqari quvvati 20 kVtgacha hamda quvvati 20 kVtdan 50 kVtgacha bo‘lgan yangi iste’molchilarni tarmoqqa ulash uchun bir martalik to‘lov joriy etish ko‘zda tutilmoqda.
Qaror bilan yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanadi va 2021-yil 1-avgustdan boshlab kuchga kiritiladi.
Lampochka, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2021
Elektr energetika sohasidagi standartlar qayta ko‘rib chiqilmoqda
Reglamentga muvofiq, iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash bosqichlari ulangan quvvati 50 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilarda to‘rttadan bittaga va 50 kVtdan yuqori iste’molchilarda to‘rttadan ikkitaga tushirish rejalashtirilmoqda. Ulashning barcha bosqichlari to‘liq raqamlashtirilgan holda ELEKTR dasturiy ta’minoti hamda davlat xizmatlari markazlari, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali amalga oshiriladi.
Loyihaga ko‘ra, quvvati 20 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilar (maishiy iste’molchilardan tashqari) tayyor holda elektr tarmoqlariga ulanish bo‘yicha Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi (HETK)ga BHMning 30 baravari (7,35 mln so‘m) miqdorida bir martalik to‘lovni amalga oshiradi. Korxona elektr tarmog‘iga 10 ish kuni davomida ulanadi.
Quvvati 20 kVtdan 50 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilar elektr tarmoqlariga ulanish bo‘yicha HETKga BHMning 60 baravari (14,7 mln so‘m) miqdorida bir martalik to‘lovni amalga oshiradi, elektr ta’minoti shartnomasini (oferta) imzolaydi va iste’molchi 20 ish kuni muddatda elektr tarmoqlariga HETK tomonidan ulab beriladi
HETKga to‘lanadigan bir martalik to‘lov summasi quyidagicha taqsimlanadi:
97 foizi – HETKning bank hisobvarag‘iga;
2 foizi – “O‘zenergoinspeksiya” bank hisobvarag‘iga;
1 foiz – tanlov savdolari yakunida g‘olib bo‘lgan, onlayn platforma yaratgan tashkilot hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
2021 yil 22-mart holatiga BHM – 245 ming so‘mni tashkil qiladi.
Yangiliklar lentasi
0