Elektr energetika sohasidagi standartlar qayta ko‘rib chiqilmoqda

CC0 / Pixabay / Lampochka, arxivnoe foto
Lampochka, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Past kuchlanishli elektr tarmoqlari, quyosh va shamol elektr stansiyalarini tarmoqqa ulash yo‘nalishlari bo‘yicha standartlar ko‘rib chiqilib zamon talablariga moslashtiriladi.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda elektr energetika sohasidagi mavjud standartlar xalqaro standartlar asosida bosqichma-bosqich qayta ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, prezidentning tegishli  qarori bilan Fransiyaning “Assystem Engineering and Operation Services S.A.S” korxonasi bilan “Uzassystem” loyiha instituti tashkil etilgan.
Premyer-ministra, ministr investitsiy i vneshney torgovli RUz Sardor Umurzakov - Sputnik O‘zbekiston
Eksportchi korxonalarga gaz va elektr energiyasi uzluksiz yetkazilishi bo‘yicha topshiriq berildi
Energetika vazirligi boshchiligida ishlab chiqaruvchilar, ekspluatatsiya qiluvchi korxonalar hamda loyiha institutlarining yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda 4 ta ishchi guruh tashkil etilgan.  Yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari, podstansiyalar, rele himoyasi va ma’lumotlar almashinuvi hamda elektromagnit moslashuvchanlik yo‘nalishidagi 700 dan ortiq standartlar ko‘rib chiqilgan.
Ushbu standartlardan zamon talablariga to‘g‘ri kelmaydigan 536 tasi xalqaro standartlarga almashtirish bo‘yicha “O‘zstandart” agentligiga taklif kiritilgan.
“Shuningdek, 2021-yilda ham ushbu ishlar davom ettirilib, past kuchlanishli elektr tarmoqlari, quyosh va shamol elektr stansiyalarini tarmoqqa ulash yo‘nalishlari bo‘yicha standartlar ko‘rib chiqilib zamon talablariga moslashtiriladi”, - deyilgan xabarda.
Ushbu standartlarni qabul qilinishi elektr energetika obyektlarini loyihalash, qurish va ekspuatatsiya qilishni texnik boshqarishda sarf xarajatlarning optimallashtirilishiga hamda elektr tarmoqlarining ishonchliligining oshishiga imkon berishi aytilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0