Buxoroda 17 kishiga Moskvaga soxta aviachipta sotgan firibgarlar qo‘lga olindi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2021
Obuna bo‘lish
Ikki kishi 17 nafar fuqaroga har biri 1300 dollar bo‘lgan soxta aviachiptalar tayyorlab bergan. Shu tariqa 22 100 dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Buxoroda 17 nafar fuqaroga soxta aviachiptalar tayyorlab bergan firibgarlar ustidan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, S.S. va S.R. 17 nafar fuqaroni aldab, Rossiya hududiga kirishga ruxsat etuvchi hujjatlarni tanishlari orqali olib berishga ishontirgan. Har biridan 1 300 dollar olib, “Buxoro-Moskva” (Jukovskiy aeroporti) charter aviareysiga soxta chiptalarni tayyorlab bergan. Shu tariqa ular 22 100 dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Rabota vnevedomstvennoy oxrani moskovskoy politsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2021
Rossiyaga soxta ma’lumotnoma evaziga odam kiritgan shaxs qo‘lga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda firibgarlikda gumon qilinayotgan ushbu shaxslar qo‘lga olingan.
Mazkur holat Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0