Rossiyaga soxta ma’lumotnoma evaziga odam kiritgan shaxs qo‘lga tushdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishRabota vnevedomstvennoy oxrani moskovskoy politsii
Rabota vnevedomstvennoy oxrani moskovskoy politsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, fuqaro K.E. bundan avval ham 79 nafar fuqaroni shu usulda aldab, ularning har biridan 1200 AQSh dollaridan jami 94800 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan.
TOShKENT, 19 yanv - Sputnik. Rossiyaga kirish uchun tibbiy ma’lumotnoma tayyorlash bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.
Ekspress-testirovanie na COVID-19 v aeroportu Vnukovo - Sputnik O‘zbekiston
TIV chetga chiqayotgan fuqarolardan soxta spravkalarga umid qilmaslikni so‘ramoqda
2021 yil 13-yanvar kuni huquq-tartibot idoralari tomonidan Toshkent shahrida joylashgan "Xumo trans" aviakassa rahbari K.E. ushbu aviakassada fuqaro M.Z.ni aldab, uning ishonchiga kirib, pandemiya sharoitida chet davlatga davolanish uchun borishga asos bo‘luvchi kasalligi haqida hujjat tayyorlab berishga va shu hujjatga asosan bemalol Rossiya Federatsiyasiga borishi mumkinligiga ishontirib, uning 1450 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, fuqaro K.E. bundan avval ham 79 nafar fuqaroni shu usulda aldab, ularning har biridan 1200 AQSh dollaridan jami 94800 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan, fuqaro K.E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan.
Yangiliklar lentasi
0