https://oz.sputniknews.uz/20210322/khudoyberdi-tkhtaboev-vafot-etdi-17875556.html
Xudoyberdi To‘xtaboyev vafot etdi
Xudoyberdi To‘xtaboyev vafot etdi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 22 mar - Sputnik. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev vafot etdi, deb xabar qilmoqda Xabar.uz.
2021-03-22T09:48+0500
2021-03-22T09:48+0500
2021-03-22T18:06+0500
jamiyat
vafot etdi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/16/17875689_0:0:1301:731_1920x0_80_0_0_a6348a49967e190d351ffbc0b3fbdf37.jpg
TOShKENT, 22 mar - Sputnik. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev vafot etdi, deb xabar qilmoqda Xabar.uz. O‘zbekiston bolalarining sevimli yozuvchisi 21-mart kuni 89 yoshida olamdan o‘tdi. Xudoyberdi To‘xtaboyev 1932-yil 17-dekabrda Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatganidan so‘ng 1949-yilda Qo‘qon Pedagogika institutini, 1955-yilda esa ToshDU filologiya fakultetining logika-psixologiya bo‘limida o‘qigan.Xudoyberdi To‘xtaboyev mehnat faoliyatini Farg‘ona viloyatida maktab o‘qituvchiligidan boshlagan. 1958-yildan boshlab "Toshkent oqshomi", "Sovet O‘zbekistoni", "Toshkent haqiqati", "Qizil O‘zbekiston" gazetalarida, "Guliston", "Gulxan", "Sharq yulduzi", "Yosh kuch" jurnallarida, "Kamalak" nashriyotida ishladi va "Oltin meros" respublika jamg‘armasiga rahbarlik qilgan.Uning birinchi hikoyalar to‘plami "Shoshqaloq" 1961-yilda e’lon qilindi.Xudoyberdi To‘xtaboyev Hamza nomidagi Davlat mukofoti, "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi" (1982) unvoni sovrindori, O‘zbekiston xalq yozuvchisidir (1991).Xudoyberdi To‘xtaboyevning "Sehrli qalpoqcha", "Sariq devni minib", "Sariq devning o‘limi", "Besh bolali yigitcha", "Qasoskorning oltin boshi", "Yillar va yo‘llar", "Sehrgarlar jangi yoki shirin qovunlar mamlakatida", "Mungli ko‘zlar", "Sir ochildi", "Omonboy va Davronboy sarguzashti", "Jannati odamlar", "Shoshqaloq", "So‘qmoqlar" va boshqa asarlari qayta-qayta nashr etiladigan O‘zbekiston bolalarining sevimli kitoblariga aylangan. Ushbu asarlarning ayrimlari bir necha tillarga tarjima qilingan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/16/17875689_0:0:1301:975_1920x0_80_0_0_8235081362c7c6d7907b65fc41cbd9e6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, vafot etdi
Xudoyberdi To‘xtaboyev vafot etdi
09:48 22.03.2021 (yangilandi: 18:06 22.03.2021) O‘zbekiston bolalarining sevimli shoiri, o‘nlab sarguzasht qissalar muallifi Xudoyberdi To‘xtaboyev 89 yoshida olamdan o‘tdi.
TOShKENT, 22 mar - Sputnik. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev vafot etdi, deb xabar qilmoqda Xabar.uz.
O‘zbekiston bolalarining sevimli yozuvchisi 21-mart kuni 89 yoshida olamdan o‘tdi.
Xudoyberdi To‘xtaboyev 1932-yil 17-dekabrda Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatganidan so‘ng 1949-yilda Qo‘qon Pedagogika institutini, 1955-yilda esa ToshDU filologiya fakultetining logika-psixologiya bo‘limida o‘qigan.
Xudoyberdi To‘xtaboyev mehnat faoliyatini Farg‘ona viloyatida maktab o‘qituvchiligidan boshlagan. 1958-yildan boshlab "Toshkent oqshomi", "Sovet O‘zbekistoni", "Toshkent haqiqati", "Qizil O‘zbekiston" gazetalarida, "Guliston", "Gulxan", "Sharq yulduzi", "Yosh kuch" jurnallarida, "Kamalak" nashriyotida ishladi va "Oltin meros" respublika jamg‘armasiga rahbarlik qilgan.
Uning birinchi hikoyalar to‘plami "Shoshqaloq" 1961-yilda e’lon qilindi.Xudoyberdi To‘xtaboyev Hamza nomidagi Davlat mukofoti, "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi" (1982) unvoni sovrindori, O‘zbekiston xalq yozuvchisidir (1991).
Xudoyberdi To‘xtaboyevning "Sehrli qalpoqcha", "Sariq devni minib", "Sariq devning o‘limi", "Besh bolali yigitcha", "Qasoskorning oltin boshi", "Yillar va yo‘llar", "Sehrgarlar jangi yoki shirin qovunlar mamlakatida", "Mungli ko‘zlar", "Sir ochildi", "Omonboy va Davronboy sarguzashti", "Jannati odamlar", "Shoshqaloq", "So‘qmoqlar" va boshqa asarlari qayta-qayta nashr etiladigan O‘zbekiston bolalarining sevimli kitoblariga aylangan.
Ushbu asarlarning ayrimlari bir necha tillarga tarjima qilingan.