Xorijiy davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bilan tabriklamoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvax po sluchayu prazdnika Navruz.
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvax po sluchayu prazdnika Navruz. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2021
Obuna bo‘lish
Xorijiy davlat va hukumat rahbarlari O‘zbekiston prezidenti va xalqini Navro‘z bayrami bilan tabriklamoqda.
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, yetakchi xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli davlat va jamoat arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.
Qutlovlarda mamlakatda barqaror taraqqiyotni ta’minlash, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash maqsadida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va yangilanishlarda erishilgan salmoqli yutuqlar va katta muvaffaqiyatlar alohida qayd etilgan. O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvax po sluchayu prazdnika Navruz. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2021
Prezident O‘zbekiston xalqini Navro‘z bilan muborakbod etdi
Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Xitoy hukumati va xalqi nomidan hamda o‘z nomidan Shavkat Mirziyoyev va u orqali O‘zbekiston hukumati va xalqini O‘zbekistonning an’anaviy bayrami Navro‘z munosabati bilan samimiy muborakbod etgan.
Si Szinpin Xitoy-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratayotgani va Mirziyoyev bilan birgalikda ikki mamlakat va xalq farovonligi yo‘lida ikki tomonlama munosabatlarni yangi tarixiy sharoitlarda uzluksiz rivojlantirib borishga tayyorligini bildirgan. Hamkasbiga mustahkamkam sog‘lik, davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, do‘st O‘zbekiston xalqiga esa baxt-saodat va farovonlik tilagan.
AQSh prezidenti Jozef Bayden o‘z tabrigida Afg‘onistonda urushga chek qo‘yadigan, barqaror va diplomatik yechimni ta’minlaydigan tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash borasidagi birgalikdagi ishlarda Navro‘z bayrami tinchlik nihoyatda muhim ne’mat ekani haqida eslatma bo‘lib xizmat qilishini qayd etgan. Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston xalqiga shu yangi yilda va yangi bahor faslida eng ezgu tilaklarini izhor etgan.
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi umumiy ma’naviy qadriyatlar va do‘stlikka, strategik sheriklikka asoslangan o‘zaro manfaatli, keng ko‘lamli munosabatlar bundan buyon ham jadal rivojlanaverishini tilagan.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Mirziyoyevning mamlakati taraqqiyoti va izchil rivojiga qaratilgan barcha ezgu sa’y-harakatlariga katta muvaffaqiyatlar, qardosh o‘zbek xalqiga esa farovonlik va ravnaq tilagan.
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘zaro hurmat, tinchliksevarlik va yaxshi qo‘shnichilik an’analarini o‘zida mujassam etgan ushbu fayzli bayram xalqlar hamjihatligi va do‘stligini mustahkamlashda alohida ahamiyatga ega ekanini qayd etgan. Ushbu ajoyib ayyom O‘zbekiston rahbari va qardosh O‘zbekiston xalqiga baxt-saodat, shodlik va yangi zafarlar olib kelishini tilagan.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlar muborak Navro‘zning barhayot an’analariga tayangan holda bundan buyon ham og‘ishmay rivojlanib borishi, yangi ma’no va mazmun bilan boyib, yanada kengayishi va mustahkamlanishiga amin ekanini ta’kidlangan. Bugungi bayramona muhitdan foydalanib, Mirziyoyevga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va yangi zafarlar, do‘st O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilagan.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va do‘stlikka asoslangan strategik sheriklik xalqlar farovonligi yo‘lida bundan buyon ham mustahkamlanib borishiga qat’iy ishonishini bildirgan. U ham O‘zbekiston yetakchisiga mustahkam sog‘lik va faoliyatida muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa farovonlik va ravnaq tilagan.
Shuningdek, O‘zbekiston rahbarini Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani, Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud, BAA vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum, Isroil prezidenti Reuven Rivlin, Falastin prezidenti Mahmud Abbos, Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud, BAA bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Mixail Masnikovich, Turkiy tilli davlatlar kengashi bosh kotibi Bag‘dod Amreyev, Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Vladimir Norov va boshqalar tabrik yo‘llagan. Qutlovlar kelishi davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0