https://oz.sputniknews.uz/20210321/prezident-ozbekiston-xalqini-navroz-bilan-muborakbod-etdi-17869025.html
Prezident O‘zbekiston xalqini Navro‘z bilan muborakbod etdi
Prezident O‘zbekiston xalqini Navro‘z bilan muborakbod etdi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Toshkent shahridagi “Humo Arena” majmuasida 21-mart kuni Navro‘z bayrami shodiyonasi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev
2021-03-21T13:12+0500
2021-03-21T13:12+0500
2021-03-21T13:15+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
navro‘z
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/15/17868748_0:68:1300:799_1920x0_80_0_0_96ac893e5b4d8f583f1ba6c4b031fd71.jpg
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Toshkent shahridagi “Humo Arena” majmuasida 21-mart kuni Navro‘z bayrami shodiyonasi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, mamlakat ahlini Navro‘z bayrami bilan qutladi.Davlat rahbari o‘z nutqi avvalida koronavirus balosi hali to‘la bartaraf bo‘lmaganini, shuncha mehnat zoe ketmasligi uchun pandemiyaga qarshi kurashishni bir lahza ham to‘xtatmaslik, beparvolik va beg‘amlikka berilmaslik kerakligini ta’kidladi.Prezident Navro‘zning o‘lmas ruhi va boqiy falsafasi bugun bunyod etilayotgan yangi O‘zbekiston g‘oyasi bilan uyg‘un va hamohang ekanini qayd etdi. Ko‘lamli islohotlar bundan keyin ham jadal davom ettiriladi."Qanchalik qiyin bo‘lmasin, el-yurtimiz manfaatini, jondan aziz farzandlarimiz kelajagini ta’minlashga xizmat qiladigan to‘g‘ri yo‘limizdan hech qachon ortga qaytmaymiz”, - deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.Davlat rahbari Navro‘z bayramini nishonlayotgan barcha xalqlarga, xorijiy hamkorlarga ezgu tabrik va salomlarini yo‘lladi. Bayram tadbiri katta konsert dasturi bilan yakunlandi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/15/17868748_73:0:1228:866_1920x0_80_0_0_f8a372fd74784ffdb16213b688281b0a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, navro‘z
jamiyat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, navro‘z
Prezident O‘zbekiston xalqini Navro‘z bilan muborakbod etdi
13:12 21.03.2021 (yangilandi: 13:15 21.03.2021) O‘zbekiston rahbari ko‘p millatli mamlakat xalqini Navro‘z bayrami bilan tabriklab, ezgu tilaklar bildirdi.
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Toshkent shahridagi “Humo Arena” majmuasida 21-mart kuni Navro‘z bayrami shodiyonasi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, mamlakat ahlini Navro‘z bayrami
bilan qutladi. Davlat rahbari o‘z nutqi avvalida koronavirus balosi hali to‘la bartaraf bo‘lmaganini, shuncha mehnat zoe ketmasligi uchun pandemiyaga qarshi kurashishni bir lahza ham to‘xtatmaslik, beparvolik va beg‘amlikka berilmaslik kerakligini ta’kidladi.
Bizning kuchimiz – birlik va ahillikda, bizning qudratimiz – mehr-oqibat, o‘zaro ko‘mak va saxovatda, bizning yutug‘imiz – ertangi kunga bo‘lgan yuksak ishonchimizda
Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti
Prezident Navro‘zning o‘lmas ruhi va boqiy falsafasi bugun bunyod etilayotgan yangi O‘zbekiston g‘oyasi bilan uyg‘un va hamohang ekanini qayd etdi. Ko‘lamli islohotlar bundan keyin ham jadal davom ettiriladi.
"Qanchalik qiyin bo‘lmasin, el-yurtimiz manfaatini, jondan aziz farzandlarimiz kelajagini ta’minlashga xizmat qiladigan to‘g‘ri yo‘limizdan hech qachon ortga qaytmaymiz”, - deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari Navro‘z bayramini nishonlayotgan barcha xalqlarga, xorijiy hamkorlarga ezgu tabrik va salomlarini yo‘lladi. Bayram tadbiri katta konsert dasturi bilan yakunlandi.