Xalq demokratik partiyasi prezidentlik sayloviga tayyorgarlikni boshladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovIzbiratelnaya urna na parlamentskix viborax v Uzbekistane
Izbiratelnaya urna na parlamentskix viborax v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti saylovida ishtirok etish uchun XDP tomonidan ko‘rsatiladigan nomzodning saylovoldi dasturini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi ijroiya qo‘mitasi hay’atining tegishli qarori qabul qilindi — saylovga tayyorgarlik jarayonlari boshladi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston prezidenti saylovida ishtirok etish uchun Xalq demokratik partiyasi tomonidan ko‘rsatiladigan nomzodning saylovoldi dasturini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.
Dasturda bir qator dolzarb ijtimoiy masalalarda takliflarni ilgari surish mo‘ljallanmoqda. Buning uchun partiyaning 44 banddan iborat chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Mujchina golosuyet na izbiratelnom uchastke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2021
O‘zbekistonda prezident sayloviga tayyorgarlik qachondan boshlanishi aytildi
Saylovoldi dasturi loyihasini tayyorlashda ilmiy doiralar va partiya a’zolari, keng jamoatchilik vakillari bilan ochiq muloqot va muhokamalar o‘tkazish, aholini o‘ylantirayotgan, yechimini kutib turgan masalalarni hal qilish bo‘yicha yangicha yondashuvlar hamda takliflarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratiladi.
XDP Markaziy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari Ulug‘bek Inoyatov 20-mart kuni Samarqand viloyatida, o‘tgan haftada Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida shu masala bo‘yicha dastlabki muloqotlarni o‘tkazgan.
“Partiya dasturi kabinetda o‘tirib yozilishi kerak emas. U odamlar, partiya a’zolarining takliflari asosida shakllantirilganda hayotiy bo‘ladi, xalqimiz manfaatlariga xizmat qiladi. Xalq demokratik partiyasi o‘z elektorati, jamoatchilik vakillari ishtirokida, respublika bo‘ylab ochiq muloqot va muhokamalarni tashkil etadi” — deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda prezident saylovlari dekabr oyidan oktabrga ko‘chirilgan edi. Saylovlar joriy yil 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0