O‘zbekistonda prezident sayloviga tayyorgarlik qachondan boshlanishi aytildi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishMujchina golosuyet na izbiratelnom uchastke
Mujchina golosuyet na izbiratelnom uchastke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dasturda saylov komissiyalari a’zolarining saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar bo‘yicha bilimlarini tizimli asosda shakllantirish hamda aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilash nazarda tutiladi
TOShKENT, 19 yanv - Sputnik. O‘zbekistonda 2021-yil 1-martdan prezident sayloviga tayyorgarlik boshlanadi. Bu haqda muhokamaga qo‘yilgan 2021-yilgi Davlat dasturi loyihasida keltirilgan.
Plenarnoe zasedanie Gosdumi RF - Sputnik O‘zbekiston
AQSh MDH davlatlaridan ochiq va raqobatbardosh saylovlarni o‘rgansa bo‘ladi - Volodin
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuksak saviyada o‘tkazish bo‘yicha aniq choralar belgilanadi. Mazkur vazifani bajarish muddati etib, 2021-yil 1-mart sanasi belgilangan.
Dasturda saylov komissiyalari a’zolarining saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar bo‘yicha bilimlarini tizimli asosda shakllantirish hamda aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilash nazarda tutiladi.
Shuningdek, xalqaro kuzatuvchilar tomonidan berilgan maqbul tavsiyalarni milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar ham ishlab chiqiladi.
Yangiliklar lentasi
0