https://oz.sputniknews.uz/20210318/zaxarova-baydenning-rossiya-haqidagi-bayonotlariga-munosabat-bildirdi-17825004.html
Zaxarova Baydenning Rossiya haqidagi bayonotlariga munosabat bildirdi
Zaxarova Baydenning Rossiya haqidagi bayonotlariga munosabat bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQSh prezidenti Jo Baydenning Rossiya haqidagi bayonotlariga munosabat bildirdi.
2021-03-18T12:12+0500
2021-03-18T12:12+0500
2021-04-01T15:50+0500
rossiya
mariya zaxarova
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/12/17824798_0:0:3012:1694_1920x0_80_0_0_276b0e87ca48ee84d7b73626dff707cc.jpg
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQSh prezidenti Jo Baydenning Rossiya haqidagi bayonotlariga munosabat bildirdi.“Biz amerikalik hamkasblarimiz u yerda nima ro‘y bergani haqidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri savolga javob berishdan to‘liq bosh tortishganini bilamiz. Ular (javoblar – tahr.) umuman olganda yo‘q. Bu savol ularga, ularda umuman nimalar ro‘y bermoqda”, -dedi Zaxarova “Vesti FM” radiosi efirida. Uning so‘zlariga ko‘ra, amerikalik jurnalistlar ham tunda u yerda nimalar ro‘y berayotgani haqidagi savol bilan yuzlanishgan.“Ular bitta va o‘sha savol bilan murojaat qilishdi: bizga yordam bering (nimalar ro‘y berayotganini anglashga – tahr.). Qanday qilib? Shu bois men hisoblaymanki, amerika mashinasi harakatga kelishi, umuman olganda, oddiy savollarga javob berishi kerak: u yerda o‘zlarida nimalar sodir bo‘lyapti?”, - deya qo‘shimcha qildi diplomat.Avvalroq Jo Bayden ABC telekanaliga bergan intervyusida Rossiya hukumati go‘yoki Amerika saylovlariga aralashgani uchun javob berishi kerakligini ma’lum qilgandi. Bundan tashqari, Oq uy rahbari u Vladimir Putinni “qotil” (killer) deb hisoblaydimi degan savol “ha” deb javob berdi.O‘z navbatida, Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki Baydenning Putin haqida aytgan gaplari majoziy ma’noda ekani yoki yo‘qligini tushuntirishdan bosh tortdi.Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov AQSh bilan munosabatlar qaysi yo‘nalish bo‘ylab davom etishi va nima qilish kerakligini tahlil qilish maqsadida maslahatlashish uchun Moskvaga chaqirtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210317/rossiya-aralashmagan--elchikhona-ayblovlarga-zhavob-qaytardi-17808072.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/12/17824798_252:0:2983:2048_1920x0_80_0_0_e4eac18217c60c08c084991583dc5ace.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, mariya zaxarova, aqsh
rossiya, mariya zaxarova, aqsh
Zaxarova Baydenning Rossiya haqidagi bayonotlariga munosabat bildirdi
12:12 18.03.2021 (yangilandi: 15:50 01.04.2021) Avvalroq Jo Bayden Rossiya hukumati go‘yoki Amerika saylovlariga aralashgani uchun javob berishi kerakligini ma’lum qilgandi.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQSh prezidenti Jo Baydenning Rossiya haqidagi bayonotlariga
munosabat bildirdi. “Biz amerikalik hamkasblarimiz u yerda nima ro‘y bergani haqidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri savolga javob berishdan to‘liq bosh tortishganini bilamiz. Ular (javoblar – tahr.) umuman olganda yo‘q. Bu savol ularga, ularda umuman nimalar ro‘y bermoqda”, -dedi Zaxarova “
Vesti FM” radiosi efirida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, amerikalik jurnalistlar ham tunda u yerda nimalar ro‘y berayotgani haqidagi savol bilan yuzlanishgan.
“Ular bitta va o‘sha savol bilan murojaat qilishdi: bizga yordam bering (nimalar ro‘y berayotganini anglashga – tahr.). Qanday qilib? Shu bois men hisoblaymanki, amerika mashinasi harakatga kelishi, umuman olganda, oddiy savollarga javob berishi kerak: u yerda o‘zlarida nimalar sodir bo‘lyapti?”, - deya qo‘shimcha qildi diplomat.
Avvalroq Jo Bayden ABC telekanaliga bergan intervyusida Rossiya hukumati go‘yoki Amerika saylovlariga aralashgani uchun javob berishi kerakligini ma’lum qilgandi. Bundan tashqari, Oq uy rahbari u Vladimir Putinni “qotil” (killer) deb hisoblaydimi degan savol “ha” deb javob berdi.
O‘z navbatida, Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki Baydenning Putin haqida aytgan gaplari majoziy ma’noda ekani yoki yo‘qligini tushuntirishdan bosh tortdi.
Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov AQSh bilan munosabatlar qaysi yo‘nalish bo‘ylab davom etishi va nima qilish kerakligini tahlil qilish maqsadida maslahatlashish uchun Moskvaga chaqirtirilgan.