https://oz.sputniknews.uz/20210317/rossiya-aralashmagan--elchikhona-ayblovlarga-zhavob-qaytardi-17808072.html
Rossiya aralashmagan – elchixona ayblovlarga javob qaytardi
Rossiya aralashmagan – elchixona ayblovlarga javob qaytardi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Amerika razvedkasining Rossiya AQSh prezidenti saylovlariga “aralashganni” haqidagi ayblovlari – asossiz, deb e’lon qildi Rossiyaning
2021-03-17T15:08+0500
2021-03-17T15:08+0500
2021-04-07T18:51+0500
dunyoda
aqsh
jo bayden
saylovlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/12/95/129547_0:0:3003:1689_1920x0_80_0_0_a7aaa98caad6b3ea6b0accc422286bd8.jpg
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Amerika razvedkasining Rossiya AQSh prezidenti saylovlariga “aralashganni” haqidagi ayblovlari – asossiz, deb e’lon qildi Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi. Razvedka jamiyatning seshanba kuni ochiqlangan hisobotida aytilishiga ko‘ra, Rossiya Jo Bayden g‘alaba qozonishiga xalal berishga uringan va Donald Tramp g‘alaba qozonishiga yordam bermoqchi va Amerika jamiyatida tarqoqlik urug‘i sepmoqchi bo‘lgan. Razvedka ushbu ishlarda Rossiyadan tashqari Eron, "Xezbolla" va Kubani ham aybladi va Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishini e’lon qildi.Diplomatlar aytishiga qaraganda, AQSh tomonidan keltirilgan yangi ayblovlar ikki tomonlama munosabatlar yaxshilanishiga xizmat qilmaydiva Rossiya tomonidan taklif qilingan “eng dolzarb masalalarga teng huquqli va o‘zaro hurmatga asoslangan dialog asosida yechim qidirish” tamoyiliga muvofiq emas.AQSh prezidenti matbuot kotibi Jenifer Psaki Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalar qachon kiritilshini ma’lum qilgani yo‘q. CNN xabariga ko‘ra, Oq uy buni kelgusi haftada e’lon qilishi mumkin. AQsh prezidenti saylovi 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. Unda demokratlar partiyasi vakili Jo Bayden g‘olib chiqqan. U 306 nafar saylovchining ovozini to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Respublikachi Tramp esa – 232 nafar ovoz to‘plagan. Donald Tramp Baydenni bir necha bor “saylovni o‘g‘irlash”da ayblagan edi. Prezident advokati Rudi Djuliani saylov davomida qonunbuzarliklar surunkali ravishda sodir etilganini aytib o‘tgan edi. O‘tgan yillar davomida AQSh Rossiyani bir necha bor “saylovlarga aralashishga” ayblagan, Rossiya esa buni rad etgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20201109/15361750.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/12/95/129547_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_99d8d88bb4698ef312a0cd5f7461afeb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, aqsh, jo bayden, saylovlar
dunyoda, aqsh, jo bayden, saylovlar
Rossiya aralashmagan – elchixona ayblovlarga javob qaytardi
15:08 17.03.2021 (yangilandi: 18:51 07.04.2021) AQSh faqat razvedka ma’lumotlariga asoslangan, hech qanday dalilsiz ayblovlarga asoslanib Rossiyani saylovlarga aralashishda ayblamoqda.
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Amerika razvedkasining Rossiya AQSh prezidenti saylovlariga “aralashganni” haqidagi ayblovlari – asossiz, deb e’lon qildi Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi.
Razvedka jamiyatning seshanba kuni ochiqlangan hisobotida aytilishiga ko‘ra, Rossiya Jo Bayden g‘alaba qozonishiga xalal berishga uringan va Donald Tramp g‘alaba qozonishiga yordam bermoqchi va Amerika jamiyatida tarqoqlik urug‘i sepmoqchi bo‘lgan. Razvedka ushbu ishlarda Rossiyadan tashqari Eron, "
Xezbolla" va
Kubani ham aybladi va Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishini e’lon qildi.
“AQShda Rossiya tomonidan o‘tkazilgan “ta’sir operatsiyalari” haqidagi xulosalar “faqat razvedka ma’lumotlarining to‘g‘ri ekaniga asoslangan”. “Hisobotda shundan boshqa hech qanday aniq dalil yoki da’vo keltirilmagan”, - deyilgan elchixonaning feysbukdagi xabarida.
Diplomatlar aytishiga qaraganda, AQSh tomonidan keltirilgan yangi ayblovlar ikki tomonlama munosabatlar yaxshilanishiga xizmat qilmaydiva Rossiya tomonidan taklif qilingan “eng dolzarb masalalarga teng huquqli va o‘zaro hurmatga asoslangan dialog asosida yechim qidirish” tamoyiliga muvofiq emas.
AQSh prezidenti matbuot kotibi Jenifer Psaki Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalar qachon kiritilshini ma’lum qilgani yo‘q.
CNN xabariga ko‘ra, Oq uy buni kelgusi haftada e’lon qilishi mumkin.
AQsh prezidenti saylovi 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. Unda demokratlar partiyasi vakili Jo Bayden g‘olib chiqqan. U 306 nafar saylovchining ovozini to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Respublikachi Tramp esa – 232 nafar ovoz to‘plagan. Donald Tramp Baydenni bir necha bor “saylovni o‘g‘irlash”da ayblagan edi. Prezident advokati
Rudi Djuliani saylov davomida qonunbuzarliklar surunkali ravishda sodir etilganini aytib o‘tgan edi.
O‘tgan yillar davomida AQSh Rossiyani bir necha bor “saylovlarga aralashishga” ayblagan, Rossiya esa buni rad etgan edi.