O‘zbekiston o‘z maydonida Gana va Iroqqa qarshi o‘ynaydi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaBolelshiki sbornoy Uzbekistana po futbolu vo vremya matcha s Yaponiyey
Bolelshiki sbornoy Uzbekistana po futbolu vo vremya matcha s Yaponiyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi o‘rtoqlik uchrashuvlari Namangan va Toshkent shaharlarida o‘tkaziladi.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Futbol bo‘yichaO‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi o‘rtoqlik uchrashuvlari Namangan va Toshkent shaharlarida o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiatsiyasi xabar qildi.
Gana terma jamoasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini Namangan shahridagi “Markaziy” stadionida o‘tkazish rejalashtirilgan. Mazkur bahs 26-mart kuni soat 18.00 da boshlanadi.
Sbornaya Uzbekistana po futbolu vo vremya matcha protiv Saudovskoy Aravii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2021
O‘zbekiston mart oyida Gana va Iroqqa qarshi maydonga tushadi
Iroq vakillariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 29-mart kuni soat 18.00 da boshlanadi.
O‘FA xabarida stadion hududida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal qilish, o‘zaro ijtimoiy masofa saqlash talab etilishi ta’kidlangan.
Avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi mart oyidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida Gana va Iroqqa qarshi maydonga tushishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0