O‘zbekiston mart oyida Gana va Iroqqa qarshi maydonga tushadi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po futbolu vo vremya matcha protiv Saudovskoy Aravii
Sbornaya Uzbekistana po futbolu vo vremya matcha protiv Saudovskoy Aravii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston 25-mart kuni Gana, 29-mart kuni esa Iroqqa qarshi bahs olib boradi.
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 22—30 mart kunlarida o‘tkaziladigan yig‘inda ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur yig‘in doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Gana va Iroq vakillariga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.
O‘zbekiston 25-mart kuni Gana, 29-mart kuni esa Iroqqa qarshi bahs olib boradi.
Kecha terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov JCh—2022 va Osiyo Kubogi—2023 qo‘shma saralashi o‘yinlari uchun tayyorgarlik vazifasini o‘taydigan yig‘inga 29 nafar futbolchini jalb qilgan edi.
© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaFutbolisti, kotorie vizvani v sbornuyu Uzbekistana
Futbolisti, kotorie vizvani v sbornuyu Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2021
Futbolisti, kotorie vizvani v sbornuyu Uzbekistana
Yangiliklar lentasi
0