Kreml Baydenning Putin haqidagi gaplariga munosabat bildirdi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishMoskovskiy Kreml
Moskovskiy Kreml - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Baydenning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga nisbatan aytgan gaplarini “juda yomon” deb aytish mumkin. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Avvalroq Jo Bayden ABC telekanaliga bergan intervyusida Rossiya hukumati go‘yoki Amerika saylovlariga aralashgani uchun javob berishi kerakligini ma’lum qilgandi. Bundan tashqari, Oq uy rahbari u Vladimir Putinni “qotil” (killer) deb hisoblaydimi degan savol “ha” deb javob bergandi.
“U aniq mamlakatimiz bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishni istamaydi, bundan keyin aynan shundan kelib chiqamiz”, - dedi Peskov. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Ofitsialniy predstavitel Ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2021
Zaxarova Baydenning Rossiya haqidagi bayonotlariga munosabat bildirdi
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya-Amerika munosabatlari tarixida bunga o‘xshash bayonot hali bo‘lmagan.
Davlat rahbari matbuot kotibi Putin Baydenning so‘zlariga munosabat bildirishni rejalashtiraptimi yoki yo‘qligini aytmadi.
Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov AQSh bilan munosabatlar qaysi yo‘nalish bo‘ylab davom etishi va nima qilish kerakligini tahlil qilish maqsadida maslahatlashish uchun Moskvaga chaqirtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0