https://oz.sputniknews.uz/20210316/tadbirkorlar-soliq-qomitasini-nega-sudga-berdi-17787055.html
Tadbirkorlar Soliq qo‘mitasini nega sudga berdi?
Tadbirkorlar Soliq qo‘mitasini nega sudga berdi?
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 16 mar - Sputnik. Tadbirkorlar Soliq qo‘mtasining Fevral oyining boshida to‘lanmagan QQSni undirish bo‘yicha amalga oshirayotgan harakatlarini noqonuniy deb
2021-03-16T16:29+0500
2021-03-16T16:29+0500
2021-04-15T15:48+0500
iqtisod
sud
iqtisod
qqs
soliq
qonun
davlat soliq qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/722/61/7226119_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_44dc8607ad42c97b1e6d08c134623d64.jpg
TOShKENT, 16 mar - Sputnik. Tadbirkorlar Soliq qo‘mtasining Fevral oyining boshida to‘lanmagan QQSni undirish bo‘yicha amalga oshirayotgan harakatlarini noqonuniy deb hisoblab sudga berishdi. “M-Factor” loyihasi mutaxassislar bilan ushbu mavzuga bag‘ishlangan suhbat o‘tkazdi. Qo‘lga tushmagan – o‘g‘ri emas Soliq maslahatchisi Abdug‘ani Muhammadboyev aytishiga qaraganda, tadbirkorlarga hech qanday dalil va isbotsiz, faqat Soliq qo‘mitasining “bitim ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan” degan gumoni asosida, soliq qarzi yozilmoqda va hisob raqamlari bloklab qo‘yilgan. Bu bilan Soliq qo‘mitasi Soliq kodeksining protsessual qismi buzilishiga yo‘l qo‘ymoqda. Ya’ni qo‘mita o‘z ma’lumotlari, asosida tadbirkorlardan soliq qarzdorligini to‘lashni talab qilmoqda. O‘zbekiston Soliq kodeksining 14 moddasida aytilishiga ko‘ra, agar tadbirkor Soliq qo‘mitasi qaroridan norozi bo‘lib e’tiroz bildirsa va masala Soliq qo‘mitasi hamda tadbirkor orasida o‘zaro hal bo‘lmasa - masala sudda ko‘rib chiqilishi kerak. Ayni damda bir necha tadbirkorlar Soliq qo‘mitasi talablariga e’tiroz bildirgan holda, unga qonuniy baho berish uchun sudlarga murojaat qilishgan. Sud bu masalani belgilangan tartibda o‘rganmoqda. Balkim tadbirkor shunga majbur bo‘layotgandir ?Bugungi kunda naqdlashtirish foizi 1-2% atrofida bo‘lib qolgan. Ya’ni bundan birov daromad ko‘rayotgani yo‘q desa ham bo‘ladi. Ayrim tovarlarni perechisleniyega topib bo‘lmaydi. Balkim tadbirkorlar shu sababli majbur bo‘layotgandir?Qonunchilik tafovutlariSoliqchilik borasida asosiy qonun - Soliq kodeksi. Lekin bugun biz soliq kodeksida yozilgan narsa amalga oshirilmasdan, qonun osti hujjatlariga asosan ish ko‘rilayotganini ko‘rmoqdamiz, - deydi mutaxassis. Maslan, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida aylitishiga ko‘ra, bir yillik oboroti 1 milliard so‘mdan ortiq bo‘lsa, import yoki aksizli mahsulot bilan savdo qilsa – u korxona avtomatik ravishda QQS to‘lovchisiga aylanadi, deb aytilgan. Lekin soliq qo‘mitasi qarori bilan uning QQS guvohnomasini bekor qilmoqda. Ya’ni soliq qo‘mitasining nizomi soliq kodeksiga zid buo‘lib qolmoqda. Bunga konstitutsion sud yoki boshqa tegishli organlar baho berishi kerak. Yana bir masala - kameral tekshiruv va audit. Kameral tekshiruv, ya’ni soliq organi tadbirkorni hisobot va boshqa hujjatlar asosida tekshirib, uning xato va kamchiliklarini aniqlash imkoni beradi. Audit tekshiruvi natijasida esa– jinoiy ish qo‘zg‘atilishi mumkin. Bu narsa Soliq kodeksida aniq va ravshan yozilgan bo‘lishiga qaramasdan, bugungi kunda ba’zi qonuniy hujjatlarda va Soliq qo‘mitasi ularing farq va mohiyati chalkashtirib yuborilayotgani haqida aytib o‘tishdi. Uchinchidan, soliq to‘lovchi soliq organini harakatlaridan norozi bo‘lib sudga yoki yuqori turuvchi organga murojaat qilgan taqdirda ijro (inkasso) to‘xtatib turilishi kerak. Ayni damda ko‘plab tadbirkorlar sudga murojaat qilgan va bu haqida soliq organiga ogohlantirish bergan bo‘lsa ham – ijrolar to‘xtatilgani yo‘q. Teng hamkormi yo “kichik uka”?Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda O‘bekiston qonunchiligida soliq ma’muriyati sohasida munozarali holatlar, javobgarlik yoki aybsizlik aniq belgilanmagan holatlar juda ko‘p. Hozircha biz Soliq qo‘mitasi, ana shunday holatlarning aksariyatini o‘z foydasiga hal qilayotganini qo‘rmoqdamiz. Bu esa Soliq qo‘mitasi o‘zi targ‘ib qilayotgan “solqchi tadbirkorning eng yaqin hamkori” prinsipiga to‘g‘ri kelmaydi. Hamkor degan teng huquqli bo‘lishi kerak. Bugun esa aksariyat hollarda tadbirkor soliqchining “kichik ukasi” rolida bo‘lib qolmoqda. Mutaxassislar fikricha, buning munosabat oqibati oqibati esa juda yomon bo‘lishi mumkin. Tadbirkorlar soliq qo‘mitasiga ishonmay qolishi, yashirish iqtisod rivojlanishi mumkin va oqibatda soliqlar miqdori keskin kamayib ketishi mumkin.Soliq qo‘mitasi: fakt va raqamlarSoliq qo‘mitasi 3-fevraldan boshlab o‘tkazgan dasturiy tahlil asosida 578 ta korxonani “Shubhali korxonalar” ro‘yxatiga kiritgan edi. Shundan so‘ng, qo‘mita ushbu korxonalarning 8,5 mingdan ortiq kontragentlari tomonidan QQS solig‘i asossiz ravishda hisobga olinganini aniqlagan. Qayta o‘tkazilgan kameral tekshiruvlar natijasida ushbu korxonalarning 97% - QQS summasini noqonuniy hisobga olgani tasdiqlangan edi. Shuningdek, 3% korxonalarda QQS to‘g‘ri hisoblangani va 1,1 % korxonada QQS qisman to‘g‘ri hisoblangani tasdiqlangani sababli - ulardan ortiqcha olingan mablag‘larni qaytarish bo‘yicha tezkor jarayonlar boshlangan. Undan tashqari kameral soliq tekshiruvlari natijasida kontragentlar xatolari tasdig‘ini topgan bo‘lsada, ularning uzluksiz faoliyat ko‘rsatishlariga sharoit yaratish maqsadida, kamchiliklarini tan olgan 275 ta subyektga 38,6 mlrd. so‘mlik budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan summalarni 2021-yil yakuniga qadar har oy teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashlariga ruxsat berildi.Shuningdek, soliq nazorati tadbirlari jarayonida 4 ta korxona “Shubhali korxonalar” ro‘yxatidan chiqarilgan, ularning kontragentlari tomonidan hisobga olingan QQS miidorlari shzgartirilmaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20210210/zbekistonning-eng-yirik-soli-tlovchilari-kim-ekani-malum-bldi-15971148.html
https://oz.sputniknews.uz/20210220/Soli-mitasi-a-blib-chidi----92--korkhonalarda-albaki-tlovlar-amalga-oshirilgan-16052033.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/722/61/7226119_294:0:1194:675_1920x0_80_0_0_06897d167024371ee4fa677ec7ba5722.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, sud, iqtisod, qqs, soliq, qonun, davlat soliq qo‘mitasi
iqtisod, sud, iqtisod, qqs, soliq, qonun, davlat soliq qo‘mitasi
Tadbirkorlar Soliq qo‘mitasini nega sudga berdi?
16:29 16.03.2021 (yangilandi: 15:48 15.04.2021) Soliq qo‘mitasi to‘lanmagan QQSni undirmoqchi, lekin ushbu jarayonda tadbirkorning huquqi buzilayotgan bo‘lsa-chi? Batafsil ekspertlar munozarasida tanishing.
TOShKENT, 16 mar - Sputnik. Tadbirkorlar Soliq qo‘mtasining Fevral oyining boshida to‘lanmagan QQSni undirish bo‘yicha amalga oshirayotgan harakatlarini noqonuniy deb hisoblab sudga berishdi. “M-Factor” loyihasi mutaxassislar bilan ushbu mavzuga bag‘ishlangan
suhbat o‘tkazdi.
Qo‘lga tushmagan – o‘g‘ri emas
Soliq maslahatchisi Abdug‘ani Muhammadboyev aytishiga qaraganda, tadbirkorlarga hech qanday dalil va isbotsiz, faqat Soliq qo‘mitasining “bitim ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan” degan gumoni asosida, soliq qarzi yozilmoqda va hisob raqamlari bloklab qo‘yilgan.
Shu bilan birga soliq maslahatchisi tadbirkorlar qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ymagan, yoki ular mutlaq aybsiz deb ta’kidlashayotgani yo‘q, buni sud hal qilishi kerak.
Bu bilan Soliq qo‘mitasi Soliq kodeksining protsessual qismi buzilishiga yo‘l qo‘ymoqda. Ya’ni qo‘mita o‘z ma’lumotlari, asosida tadbirkorlardan soliq qarzdorligini to‘lashni talab qilmoqda.
O‘zbekiston Soliq kodeksining 14 moddasida aytilishiga ko‘ra, agar tadbirkor Soliq qo‘mitasi qaroridan norozi bo‘lib e’tiroz bildirsa va masala Soliq qo‘mitasi hamda tadbirkor orasida o‘zaro hal bo‘lmasa - masala sudda ko‘rib chiqilishi kerak.
Ayni damda bir necha tadbirkorlar Soliq qo‘mitasi talablariga e’tiroz bildirgan holda, unga qonuniy baho berish uchun sudlarga murojaat qilishgan. Sud bu masalani belgilangan tartibda o‘rganmoqda.
Balkim tadbirkor shunga majbur bo‘layotgandir ?
Bugungi kunda naqdlashtirish foizi 1-2% atrofida bo‘lib qolgan. Ya’ni bundan birov daromad ko‘rayotgani yo‘q desa ham bo‘ladi. Ayrim tovarlarni perechisleniyega topib bo‘lmaydi. Balkim tadbirkorlar shu sababli majbur bo‘layotgandir?
Naqdlashtirish holati yuz bergan bo‘lsa – bu har doim noto‘g‘ri. Hech qanday iqtisodiy qiyinchilik yoki boshqa omillar - qonunbuzarlikni oqlay olmaydi, - deydi Muhammadboyev.
Soliqchilik borasida asosiy qonun - Soliq kodeksi. Lekin bugun biz soliq kodeksida yozilgan narsa amalga oshirilmasdan, qonun osti hujjatlariga asosan ish ko‘rilayotganini ko‘rmoqdamiz, - deydi mutaxassis.
Maslan, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida aylitishiga ko‘ra, bir yillik oboroti 1 milliard so‘mdan ortiq bo‘lsa, import yoki aksizli mahsulot bilan savdo qilsa – u korxona avtomatik ravishda QQS to‘lovchisiga aylanadi, deb aytilgan. Lekin soliq qo‘mitasi qarori bilan uning QQS guvohnomasini bekor qilmoqda. Ya’ni soliq qo‘mitasining nizomi soliq kodeksiga zid buo‘lib qolmoqda. Bunga konstitutsion sud yoki boshqa tegishli organlar baho berishi kerak.
Yana bir masala - kameral tekshiruv va audit. Kameral tekshiruv, ya’ni soliq organi tadbirkorni hisobot va boshqa hujjatlar asosida tekshirib, uning xato va kamchiliklarini aniqlash imkoni beradi. Audit tekshiruvi natijasida esa– jinoiy ish qo‘zg‘atilishi mumkin. Bu narsa Soliq kodeksida aniq va ravshan yozilgan bo‘lishiga qaramasdan, bugungi kunda ba’zi qonuniy hujjatlarda va Soliq qo‘mitasi ularing farq va mohiyati chalkashtirib yuborilayotgani haqida aytib o‘tishdi.
Uchinchidan, soliq to‘lovchi soliq organini harakatlaridan norozi bo‘lib sudga yoki yuqori turuvchi organga murojaat qilgan taqdirda ijro (inkasso) to‘xtatib turilishi kerak. Ayni damda ko‘plab tadbirkorlar sudga murojaat qilgan va bu haqida soliq organiga ogohlantirish bergan bo‘lsa ham – ijrolar to‘xtatilgani yo‘q.
Teng hamkormi yo “kichik uka”?
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda O‘bekiston qonunchiligida soliq ma’muriyati sohasida munozarali holatlar, javobgarlik yoki aybsizlik aniq belgilanmagan holatlar juda ko‘p.
Bunday sharoitida tadbirkorga qaraganda ulkan ma’muriy kuch va imkoniyatlarga ega bo‘lgan Soliq qo‘mitasi, o‘z vakolatlaridan juda ehtiyotkorlik bilan foydalanishi kerak. Chunki vazn teng emas, arzimagan sabab bilan tadbirkorga shikast yetkazish oson.
Hozircha biz Soliq qo‘mitasi, ana shunday holatlarning aksariyatini o‘z foydasiga hal qilayotganini qo‘rmoqdamiz. Bu esa Soliq qo‘mitasi o‘zi targ‘ib qilayotgan “solqchi tadbirkorning eng yaqin hamkori” prinsipiga to‘g‘ri kelmaydi. Hamkor degan teng huquqli bo‘lishi kerak. Bugun esa aksariyat hollarda tadbirkor soliqchining “kichik ukasi” rolida bo‘lib qolmoqda.
Mutaxassislar fikricha, buning munosabat oqibati oqibati esa juda yomon bo‘lishi mumkin. Tadbirkorlar soliq qo‘mitasiga ishonmay qolishi, yashirish iqtisod rivojlanishi mumkin va oqibatda soliqlar miqdori keskin kamayib ketishi mumkin.
Soliq qo‘mitasi: fakt va raqamlar
Soliq qo‘mitasi 3-fevraldan boshlab o‘tkazgan dasturiy tahlil asosida 578 ta korxonani “Shubhali korxonalar” ro‘yxatiga kiritgan edi. Shundan so‘ng, qo‘mita ushbu korxonalarning 8,5 mingdan ortiq kontragentlari tomonidan QQS solig‘i asossiz ravishda hisobga olinganini aniqlagan. Qayta o‘tkazilgan kameral tekshiruvlar natijasida ushbu korxonalarning 97% - QQS summasini noqonuniy hisobga olgani tasdiqlangan edi.
Shuningdek, 3% korxonalarda QQS to‘g‘ri hisoblangani va 1,1 % korxonada QQS qisman to‘g‘ri hisoblangani tasdiqlangani sababli - ulardan ortiqcha olingan mablag‘larni qaytarish bo‘yicha tezkor jarayonlar boshlangan.
Undan tashqari kameral soliq tekshiruvlari natijasida kontragentlar xatolari tasdig‘ini topgan bo‘lsada, ularning uzluksiz faoliyat ko‘rsatishlariga sharoit yaratish maqsadida, kamchiliklarini tan olgan 275 ta subyektga 38,6 mlrd. so‘mlik budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan summalarni 2021-yil yakuniga qadar har oy teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashlariga ruxsat berildi.
Shuningdek, soliq nazorati tadbirlari jarayonida 4 ta korxona “Shubhali korxonalar” ro‘yxatidan chiqarilgan, ularning kontragentlari tomonidan hisobga olingan QQS miidorlari shzgartirilmaydi.