O‘zbekistonning eng yirik soliq to‘lovchilari kim ekani ma’lum bo‘ldi

CC0 / Pixabay / StartupStockPhotos Mujchina rabotayet s bumagami
Mujchina rabotayet s bumagami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda to‘langan jami soliqlarning 50 % - Navoiy KMK va 20% - Olmaliq KMK hisobidan amalga oshirilgani ma’lum bo‘ldi.
TOShKENT, 10 fev - Sputnik. Davlat Soliq xizmati O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘lagan 10ta kompaniya nomlarini e’lon qildi. 
© Soliq xizmatiKrupneyshie nalogoplatelshiki Uzbekistana
Krupneyshie nalogoplatelshiki Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021
Xabarda aytilishiga ko‘ra, 2020 yilda to‘plangan jami soliqlarning 63,3 foizi quyidagi 10ta kompaniya hisobidan amalga oshirilgan:
  • "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korxonasi 
  • "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ,
  • "O‘ztransgaz" AJ,
  • "O‘zbekneftgaz2 AJ,
  • "O‘ZBAT" AJ QK
  • "Lukoil"
  • "O‘zavto Motors" AJ
  • "O‘zbektelekom" AJ
  • "Hududgazta’minot" AJ
  • "Buxoro neftni qayta ishlash zavodi" MChJ
Davlat soliq inspeksiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2020-yilda respublika miqyosida jami soliq tushumlari miqdori 103,6 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, shundan 67,7 trln so‘m miqdordagi soliq tushumlari aynan yirik soliq to‘lovchilar tomonidan amalga oshirilgan.
Yangiliklar lentasi
0