Sport

Sport vazirligi “Soʻgʻdiyona” - “Turon” uchrashuviga munosabat bildirdi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka oʻtishVo vremya matcha 25-go tura Chempionata Rossii po futbolu sredi klubov Premyer-ligi mejdu FK "Zenit" (Sankt-Peterburg) i FK "Tom" (Tomsk).
Vo vremya matcha 25-go tura Chempionata Rossii po futbolu sredi klubov Premyer-ligi mejdu FK Zenit (Sankt-Peterburg) i FK Tom (Tomsk). - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ravshan Ermatov hakamning bilib yoki bilmasdan yoʻl qoʻygan xatosi tufayli butun jamoaning mehnati yoʻqqa chiqarilishini keskin qoralashini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamoatchilikning keng muhokamasiga sabab boʻlgan “Soʻgʻdiyona” – “Turon” uchrashuviga munosabat bildirdi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Ravshan Ermatov ushbu uchrashuvdan keyin “Turon” klubi bosh murabbiyi Islom Ismoilovning ehtirosga berilib bildirgan fikrlarini yaxshi tushunishini bildirgan.
Futbol – bu jamoaviy oʻyin, unda bir maqsad yoʻlida butun jamoa harakat qiladi, futbolchilardan tortib shifokoru massajchi, klubning texnik xodimigacha. Albatta, hakamning bilib yoki bilmasdan yoʻl qoʻygan xatosi tufayli butun jamoaning mehnati yoʻqqa chiqarilishini keskin qoralayman.
Ravshan Ermatov
Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari
Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hakamlar masalasiga har qachongidan jiddiy eʼtibor qaratgan holda oʻyinlardagi hakamlik sifatini oshirish hamda adolatli va shaffof oʻtishini taʼminlash choralarini koʻrmoqda Maqsad – oʻzbek futbolining mavqeini koʻtarish, bolalar futbolini tizimli rivojlantirish va muxlislar orziqib kutayotgan jahon chempionatiga chiqish orzusini ruyobga chiqarish.
“Kezi kelganda shuni ham taʼkidlash kerak, futbol uchrashuvlaridagi har bir rasmiy shaxs oʻz fikrini ommaga bayon etayotganida maʼlum qoidalarga ham amal qilmogʻi lozim. Zero, ehtiros tufayli aytilgan har bir gap ertaga oʻsha shaxsning oʻziga qarshi ishlashi mumkin”, - deya xulosa qilgan Ermatov.
Bokovoy sudya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2021
Sport
“Soʻgʻdiyona”-“Turon” uchrashuvi bosh hakami nomuayyan muddatga hakamlikdan chetlatildi
Avvalroq OʻFA Hakamlik qoʻmitasi Oʻzbekiston Superligasining 2-turidan oʻrin olgan “Soʻgʻdiyona” – “Turon” uchrashuvini boshqarib borgan bosh hakam Viktor Serazitdinovni nomuayyan muddatga hakamlikdan chetlatgan edi. U “Soʻgʻdiyona” darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilamaganligi va boshqa koʻpol xatolarga yoʻl qoʻygani aniqlangan.
Oʻyindan soʻng “Turon” futbol klubi bosh murabbiyi Islom Ismoilov hakamlarni qattiq tanqid qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0