https://oz.sputniknews.uz/20210315/sogdina-turon-uchrashuvi-bosh-hakami-nomuayyan-muddatga-hakamlikdan-chetlatildi-17762283.html
“So‘g‘diyona”-“Turon” uchrashuvi bosh hakami nomuayan muddatga hakamlikdan chetlatildi
“So‘g‘diyona”-“Turon” uchrashuvi bosh hakami nomuayan muddatga hakamlikdan chetlatildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘FA Hakamlik qo‘mitasi So‘g‘diyona” – “Turon” uchrashuvini boshqarib borgan bosh hakam Viktor Serazitdinovning xatti-harakatlarini atroflicha tahlil qilib chiqdi. 15.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-15T16:12+0500
2021-03-15T16:12+0500
2021-03-15T16:19+0500
sport
futbol
o‘fa
kelishilgan o‘yinlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/655/75/6557559_0:0:3073:1728_1920x0_80_0_0_c9f2f7365c1d8b82b30a69c65d543c10.jpg
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. O‘FA Hakamlik qo‘mitasi “So‘g‘diyona” – “Turon” uchrashuvini boshqarib borgan bosh hakam Viktor Serazitdinovning o‘yin davomidagi xatti-harakatlari atroflicha tahlil qilib chiqdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar qilmoqda.14 mart kuni O‘zbekiston Superligasining 2-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Turon” uchrashuvida yuzaga kelgan holat futbol jamoatchiligining muhokamalariga sabab bo‘lgan edi.Mutaxassislar “So‘g‘diyona” – “Turon” uchrashuvi video-lavhasini qayta ko‘rib, vaziyatlarni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqqan.Tahlil natijasida bosh hakam Viktor Serazitdinov uchrashuvning 29-daqiqasida “So‘g‘diyona” darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilamaganligi aniqlangan. Shuningdek, bosh hakam 52-daqiqada “Turon” futbolchisi o‘z jarima maydonida to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi deya baholab, penalti belgilagan vaziyat xato bo‘lgan. “O‘FA Hakamlik qo‘mitasining yakuniy qaroriga muvofiq, qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yganligi hamda ushbu xatolar o‘yin natijasiga ta’sir o‘tkazganligi sababli Viktor Serazitdinovning mazkur uchrashuvdagi faoliyati qoniqarsiz deb baholandi va hakamlik faoliyatidan nomuayan muddatga chetlatildi”, - deyilgan xabarda.Shuningdek, O‘FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspeksiyasi tomonidan mazkur holat bo‘yicha tegishli ma’lumotlar, mazkur futbol uchrashuvi qaydnomasi va inspektor hisoboti, videomateriallarni o‘rganib chiqish ishlari boshlandi. Noqonuniy holatlar aniqlangan taqdirda O‘FA Etika qo‘mitasi tegishli tartibda ko‘rib chiqib, yakuniy qarorlarni qabul qiladi.Eslatib o‘tamiz, “Turon” futbol klubi bosh murabbiyi ushbu o‘yindan so‘ng hakamlarni qattiq tanqid qilgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/655/75/6557559_102:0:2833:2048_1920x0_80_0_0_309459c8b62138f10e674d79b1f61ef9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, futbol, o‘fa, kelishilgan o‘yinlar
sport, futbol, o‘fa, kelishilgan o‘yinlar
“So‘g‘diyona”-“Turon” uchrashuvi bosh hakami nomuayan muddatga hakamlikdan chetlatildi
16:12 15.03.2021 (yangilandi: 16:19 15.03.2021) O‘FA Hakamlik qo‘mitasi So‘g‘diyona” – “Turon” uchrashuvini boshqarib borgan bosh hakam Viktor Serazitdinovning xatti-harakatlarini atroflicha tahlil qilib chiqdi.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. O‘FA Hakamlik qo‘mitasi “So‘g‘diyona” – “Turon” uchrashuvini boshqarib borgan bosh hakam Viktor Serazitdinovning o‘yin davomidagi xatti-harakatlari atroflicha tahlil qilib chiqdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati
xabar qilmoqda.
14 mart kuni O‘zbekiston Superligasining 2-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Turon” uchrashuvida yuzaga kelgan holat futbol jamoatchiligining muhokamalariga sabab bo‘lgan edi.
Mutaxassislar “So‘g‘diyona” – “Turon” uchrashuvi video-lavhasini qayta ko‘rib, vaziyatlarni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqqan.
Tahlil natijasida bosh hakam Viktor Serazitdinov uchrashuvning 29-daqiqasida “So‘g‘diyona” darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilamaganligi aniqlangan. Shuningdek, bosh hakam 52-daqiqada “Turon” futbolchisi o‘z jarima maydonida to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi deya baholab, penalti belgilagan vaziyat xato bo‘lgan.
“O‘FA Hakamlik qo‘mitasining yakuniy qaroriga muvofiq, qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yganligi hamda ushbu xatolar o‘yin natijasiga ta’sir o‘tkazganligi sababli Viktor Serazitdinovning mazkur uchrashuvdagi faoliyati qoniqarsiz deb baholandi va hakamlik faoliyatidan nomuayan muddatga chetlatildi”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, O‘FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspeksiyasi tomonidan mazkur holat bo‘yicha tegishli ma’lumotlar, mazkur futbol uchrashuvi qaydnomasi va inspektor hisoboti, videomateriallarni o‘rganib chiqish ishlari boshlandi. Noqonuniy holatlar aniqlangan taqdirda O‘FA Etika qo‘mitasi tegishli tartibda ko‘rib chiqib, yakuniy qarorlarni qabul qiladi.
Eslatib o‘tamiz, “Turon” futbol klubi bosh murabbiyi ushbu o‘yindan so‘ng hakamlarni qattiq tanqid qilgan edi.