Hakamlar haqida keskin gapirgan “Turon” bosh murabbiyiga chora ko‘rildi

© Press-slujba FK “Turon”Glavniy trener futbolnoy komandi "Turona" Islom Ismoilov
Glavniy trener futbolnoy komandi Turona Islom Ismoilov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2021
Obuna bo‘lish
“Turon” klubi bosh murabbiy 2 ta o‘yinga chetlatildi, prezidenti esa jarimaga tortildi.
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. “Turon” klubi murabbiyi Islom Ismoilov “So‘g‘diyona” klubiga qarshi bahsdan keyin intervyu berish vaqtida odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun 2 ta o‘yinga chetlashtirildi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasi shunday qaror qabul qildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, klub prezidenti Abduvahob Ahmadaliyev mazkur bahsdan keyingi flesh-intervyu chog‘ida o‘z fikrlarini qo‘pol tarzda bildirgani uchun jarimaga tortilgan.
Vo vremya matcha 25-go tura Chempionata Rossii po futbolu sredi klubov Premyer-ligi mejdu FK Zenit (Sankt-Peterburg) i FK Tom (Tomsk). - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2021
Sport vazirligi “So‘g‘diyona” - “Turon” uchrashuviga munosabat bildirdi
Bundan tashqari, qo‘mita yig‘ilishida O‘zbekiston Superligasi 1-turi doirasidagi “Mash’al” futbolchisi Muhammad Yuldashev o‘yinda oyoq kiyimining tag qismi bilan raqib jamoasi “Bunyodkor” futbolchisining ko‘krak qismiga tepgani uchun 2 ta o‘yinga chetlashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, “So‘g‘diyona”dan mag‘lub bo‘lgandan keyin (1:0) Islom Ismoilov hakamlar ishini qattiq tanqid qilgan edi. “Turon” prezidenti Abduvahob Ahmadaliyev ham achchiq-achchiq gaplarni gapirgandi.
O‘FA So‘g‘diyona” – “Turon” uchrashuvini boshqarib borgan bosh hakam Viktor Serazitdinov xatti-harakatlarini o‘rganib chiqib, uni nomuayan muddatga hakamlikdan chetlatgan edi.
Yangiliklar lentasi
0