Farg‘onada noqonuniy nikoh o‘qigan domla inspektorni pora bilan sotib olmoqchi bo‘ldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2021
Obuna bo‘lish
Fuqaro Quva tumani IIB profilaktika inspektoriga o‘ziga nisbatan to‘plangan hujjatlar yuzasidan chora ko‘rmaslikni so‘raydi va pora taklif qiladi.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Farg‘ona viloyati Quva tumanida noqonuniy nikoh o‘qigan domla profilaktika inspektoriga pora berayotganida qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat IIB xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro S.Z Quva tumani IIB profilaktika inspektori T.Z.ga murojaat qilib, noqonuniy ravishda shar’iy nikoh o‘qiganligi sababli o‘ziga nisbatan to‘plangan hujjatlar yuzasidan chora ko‘rmaslikni so‘raydi. Buning evaziga 2 million so‘m pora taklif qiladi.
Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2021
“Ozodlik evaziga 12 ming dollar”: Andijonda IIB mansabdor xodimlari pora bilan qo‘lga tushdi
Inspektor fuqaroga bu pora berish jinoyati ekani va jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida bir necha marotaba ogohlantiradi. Uni jinoyatdan qaytarishga harakat qilishiga qaramasdan, fuqaro pora taklif qilishda davom etgan.
Natijada holat yuzasidan tezkor tadbir o‘tkaziladi. Unda fuqaro S.Z. profilaktika inspektori T.Z.ning xizmat xonasida kelishilgan pullardan 1,2 so‘m miqdoridagi pulni pora tariqasida bergan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, Quva tumani prokuraturasiga yuborilgan.
Yangiliklar lentasi
0