https://oz.sputniknews.uz/20210310/boy-amerikaning-zinaligi-va-rossiya-zhaon-vaktsina-poygasida-olib-chiani-aida-maola-17481099.html
Boy Amerikaning ziqnaligi va Rossiya jahon vaksina poygasida g‘olib chiqqani haqida maqola
Boy Amerikaning ziqnaligi va Rossiya jahon vaksina poygasida g‘olib chiqqani haqida maqola
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Fransiyalik jurnalist Lyuk de Baroshe koronavirusga qarshi jahon vaksinalar poygasida Yevropani mag‘lubiyatga olib kelgan xatolarni sanab
2021-03-10T10:17+0500
2021-03-10T10:17+0500
2021-03-10T10:17+0500
dunyoda
vaksina
sputnik v vaksinasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/04/16124955_0:153:2459:1536_1920x0_80_0_0_029fc88fd4975b12ea11397205607bee.jpg
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Fransiyalik jurnalist Lyuk de Baroshe koronavirusga qarshi jahon vaksinalar poygasida Yevropani mag‘lubiyatga olib kelgan xatolarni sanab o‘tdi. Bu haqda u Le Point nashrida chop etgan maqolasida to‘xtalgan.De Baroshening so‘zlariga ko‘ra, har bir mamlakat jahon bozoriga preparatlarni yetkazib berish uchun shaxsan javob beradi. Yevropa o‘zining notashkilotchiligi tufayli “geosiyosiy narxni” to‘lamoqda.Ayrim davlatlar hukumatlarining harakatlari tufayli yuzaga kelgan oqibatlar fojialidir. Jurnalist ta’kidiga ko‘ra, ushbu davlatlarda koronavirusdan o‘lim darajasi ortishi kuzatilmoqda, cheklovlar kuchaytirilmoqda va iqtisodiyot templarini rivojlantiradigan AQSh hamda Xitoy bilan uzilish ortmoqda.U shuningdek, ushbu davlatlar hammadan ko‘ra tezroq vaziyatni tahlil qilib, zarur choralarni ko‘rganini qayd etgan. Ular COVID-19ga qarshi vaksinani yaratdilar va ishlab chiqarish quvvatlarini oshirdilar. Bu, jurnalist fikriga ko‘ra, ularga geosiyosiy dividendlar olishga yordam beradi.Shu bilan birga, de Baroshe koronavirusga qarshi preparatlarning boshqa davlatlarga yetkazib berilishi ko‘lamlariga e’tibor qaratdi.Xususan, uning qayd etishicha, Pekin 40ta mamlakatga 80 million doza vaksina sotgan, Nyu-Deli - 25 million. Rossiyaning "Sputnik V"si ham ortda qolayotgani yo‘q, u dunyoning 40dan ortiq mamlakatlariga yetkazib berilmoqda.Jurnalist shu yerda G‘arbning xudbinligiga e’tibor qaratgan. Uning fikricha, AQSh ichki ishlab chiqarishdagi vaksinalarning kattagina qismini o‘zi uchun zaxiraga olib qo‘ygan, Yevropa ittifoqi esa darhol eksport nazoratini joriy qilgan."Bu xudbinlikning siyosiy bahosi bor. Xalqaro maydonda Jo Bayden tomonidan "Amerika qaytdi”, deya aytilgan shiori boy davlatlarning ziqnaligi bois ma’nosiz yangramoqda”, - deya ta’kidlaydi de Baroshe.Jurnalist ta’kidiga ko‘ra, vaksinalarni yetkazib berish borasida global hamkorlik ancha samarali bo‘lar edi va buning natijasida jahon iqtisodi tiklanishi ham tezlashardi."Ammo Yevropa ittifoqi hech narsa taklif etolmaydi", - deydi de Baroshe.Uning so‘zlariga ko‘ra, "Yevropa amalga oshmaydigan orzuga ishonishda davom etmoqda”.
https://oz.sputniknews.uz/20210301/Vaktsina-va-sisat-Evropaga-kirish-uchun-anday-vaktsina-kerak-16101073.html
https://oz.sputniknews.uz/20210306/Sputnik-V-dundagi-mashur-vaktsinalar-reytingida-ikkinchi-rinni-egalladi-16143147.html
https://oz.sputniknews.uz/20210303/zbekistonda-Sputnik-V-vaktsinasi-bilan-emlash-ishlari-mart-oyida-boshlanishi-rezhalashtirilgan-16117247.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/04/16124955_103:0:2354:1688_1920x0_80_0_0_cb59bf159550165075e1703fc4f93219.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, vaksina, sputnik v vaksinasi
dunyoda, vaksina, sputnik v vaksinasi
Boy Amerikaning ziqnaligi va Rossiya jahon vaksina poygasida g‘olib chiqqani haqida maqola
Koronavirusga qarshi vaksinalar poygasi Yevropa tomonidan boy berildi: birinchi o‘rinlarni Rossiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Hindiston va Xitoy egalladi. Bu qanday ro‘y berdi?
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Fransiyalik jurnalist Lyuk de Baroshe koronavirusga qarshi jahon vaksinalar poygasida Yevropani mag‘lubiyatga olib kelgan xatolarni sanab o‘tdi. Bu haqda u Le Point nashrida chop etgan maqolasida to‘xtalgan.
De Baroshening so‘zlariga ko‘ra, har bir mamlakat jahon bozoriga preparatlarni yetkazib berish uchun shaxsan javob beradi. Yevropa o‘zining notashkilotchiligi tufayli “geosiyosiy narxni” to‘lamoqda.
Ayrim davlatlar hukumatlarining harakatlari tufayli yuzaga kelgan oqibatlar fojialidir. Jurnalist ta’kidiga ko‘ra, ushbu davlatlarda koronavirusdan o‘lim darajasi ortishi kuzatilmoqda, cheklovlar kuchaytirilmoqda va iqtisodiyot templarini rivojlantiradigan AQSh hamda Xitoy bilan uzilish ortmoqda.
"Yevropa ittifoqining birorta davlati – vaksina ishlab chiqaradigan eng muvaffaqiyatli ishlab chiqaruvchilar orasida yo‘q, xususan, AQSh, Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya va Rossiya singari”, - deydi de Baroshe.
U shuningdek, ushbu davlatlar hammadan ko‘ra tezroq vaziyatni tahlil qilib, zarur choralarni ko‘rganini qayd etgan. Ular COVID-19ga qarshi vaksinani yaratdilar va ishlab chiqarish quvvatlarini oshirdilar. Bu, jurnalist fikriga ko‘ra, ularga geosiyosiy dividendlar olishga yordam beradi.
Shu bilan birga, de Baroshe koronavirusga qarshi preparatlarning boshqa davlatlarga yetkazib berilishi ko‘lamlariga e’tibor qaratdi.
Xususan, uning qayd etishicha, Pekin 40ta mamlakatga 80 million doza vaksina sotgan, Nyu-Deli - 25 million. Rossiyaning "Sputnik V"si ham ortda qolayotgani yo‘q, u dunyoning 40dan ortiq mamlakatlariga yetkazib berilmoqda.
Jurnalist shu yerda G‘arbning xudbinligiga e’tibor qaratgan. Uning fikricha, AQSh ichki ishlab chiqarishdagi vaksinalarning kattagina qismini o‘zi uchun zaxiraga olib qo‘ygan, Yevropa ittifoqi esa darhol eksport nazoratini joriy qilgan.
"Bu xudbinlikning siyosiy bahosi bor. Xalqaro maydonda Jo Bayden tomonidan "Amerika qaytdi”, deya aytilgan shiori boy davlatlarning ziqnaligi bois ma’nosiz yangramoqda”, - deya ta’kidlaydi de Baroshe.
Jurnalist ta’kidiga ko‘ra, vaksinalarni yetkazib berish borasida global hamkorlik ancha samarali bo‘lar edi va buning natijasida jahon iqtisodi tiklanishi ham tezlashardi.
"Ammo Yevropa ittifoqi hech narsa taklif etolmaydi", - deydi de Baroshe.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "Yevropa amalga oshmaydigan orzuga ishonishda davom etmoqda”.